FRIKSION UZATMA
FRIKSION UZATMA — birbiriga siqilib aylanadigan disklar, silindrlar, konuslar va b. orasida hosil boʻladigan ishqalanish kuchi hisobiga aylanma harakat uzatiladigan yoki oʻzgartiriladigan mexanik uzatma. F. u. oʻqlari parallel va kesishuvchi vallar orasida harakat uzatish, aylanma harakatni vintli va ilgarilama harakatga aylantirish uchun ishlatiladi. Friksion uzatma oʻzgarmas va oʻzgaruvchan uzatish nisbatida ishlaydi. Uzatish nisbati oʻzgarmas boʻlgan Friksion uzatma siquvchi kuchni hosil kilish kiyin boʻlmagan asboblarda ishlatiladi. Mashinasozlikda, koʻpincha, uzatish nisbati oʻzgaruvchan Friksion uzatma ishlatiladi. Bularning aylanish tezliklari pogʻonasiz tarzda (aylanuvchi jismlar radiusini kattalashtirib yoki kichraytirib) oʻzgartiriladi. Pogʻonasiz Friksion uzatma diskli, konussimon, sharli va toresli xillarga boʻlinadi. Friksion uzatma asboblar, stanoklar, yuk koʻtaruvchi hamda transport mashinalari va b. da qoʻllanadi.
Ensiklopediya.uz
FRIKSION UZATMA