FREZA
FREZA (frans. fraise) — metall va metallmas materiallardan tayyorlangan zagotovkalarning yuzalariga ishlov berish, ularda tish, rezba oʻyish va b. uchun moʻljallangan koʻp tigʻli kesuvchi asbob. Tishlar oʻyilgan sirtining shakliga qarab, silindrik, diskli, burchakli, tores, shakldor; tishining shakliga qarab, toʻgʻri, vintli, koʻp tomonlama tishli; tishlarining tuzilishiga qarab, oʻtkir, qatorli; yaxlit, tarkibiy, komplekt, yigʻma; mahkamlanishiga qarab, oʻtqaziladigan, konussimon va silindrik dumli; vint arikchalarining yoʻnalittga boʻyicha chap va oʻng ariqchali xillarga boʻlinadi. Freza legirlangan poʻlat, tez kesar poʻlat, asbobsozlik poʻlatidan tayyorlanadi.
Ensiklopediya.uz
FREZA