FRESKOBALDI

FRESKOBALDI

FRESKOBALDI (Frescobaldi) Jirolamo (1583.9.9, Ferrara — 1643.1.3, Rim) — italyan kompozitori va organ ijrochisi. 1608-y. dan avliyo Petr ibodatxonasida (Rim) organchi. Polifoniya («erkin uslub») va fuga rivojiga katta hissa qoʻshgan. Italiya organ maktabi asoschisi («italiyalik Bax» nomiga sazovor boʻlgan). Organ va klavesin uchun turli asarlar, madrigallar, 2 messa va b. diniy asarlar yozgan.

Ensiklopediya.uz
FRESKOBALDI