FRESKA
FRESKA (ital. fresco — yangi) — rangtasvir asari yaratish usuli; asarlari yangi nam suvoqqa quriganda yupqa shaffof kalsiy karbonat qatlami hosil qiluvchi suvli yoki ohak suvi qoʻshilgan boʻyoklarda ishlanadi. Bunda boʻyoqlar mustahkamlanib, Freskaning uzoq saqlanishini taʼminlaydi. Shu usulda yaratilgan rangtasvir asari ham Freska deb ataladi. Meʼmorlik bilan bogʻliq holda monumental kompozitsiyalar yaratish imkonini beruvchi Freska devoriy rassomlikning asosiy usullaridan. Freska uchun suvoq asos bir necha qatlam — 1 kiyem soʻndirilgan ohak va 2 qism mineral toʻldiruvchilar (qum, ohak, gʻisht yoki sopol kukunlari) dan iborat boʻladi, baʼzan suvoqni yorilishdan saklaydigan organik moddalar (somon, poʻkak, kanop va h. k.) qoʻshiladi. Odatda, ohak bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaydigan boʻyoklar ishlatiladi. Freska rang tuslarining barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi, faqat bunda boʻyoqlar quriganda oʻta oqarishini nazarda tutish kerak. Oʻsimlik boʻyoklar quruq suvoqqa yelim yordamida yotqiziladi. Freskada lessirovka muhim rol oʻynaydi, biroq koʻp boʻyoq qatlamida rang xiralashadi va oqaradi. Freskadan tashqari quruq suvoqqa ishlanadigan rangtasvir usuli (a sekko) ham qadimdan maʼlum boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
FRESKA