FRANSUZLAR
FRANSUZLAR — xalq. Fransiyaning asosiy axoliyey. 57 mln. ga yaqin kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Fransuz tilida soʻzlashadi. Dindorlari katoliklar. Fransuzlarning etnogenezida mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarida hoz. Fransiya hududiga kelib joylashgan kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar deb atashgan) muhim rol oʻynagan. Rim imperiyasi Galliyani (hoz. Fransiya hududi) bosib olgach (mil. av. 58—52y. lar), F. ular bilan aralashib ketgan. Gallarning romanlashishi bn, ularning tili «lotin tili» boʻlib qolgan. 5-a. da german qabilalari — vestgotlar, burgundlar, franklarnint Galliyaga bostirib kirishi Fransuzlarning etnik tarixida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Frank davlashi tashkil topgan. 9-a. da bu davlat Buyuk Karl tomonidan yirik imperiyaga aylantirilgan. 9-a. da Fransuzlar xalq boʻlib shakllangan. 18-a. oxiridagi Buyuk fransuz iщilobi Fransuzlarning millat boʻlib shakllanishida hal qiluvchi omil boʻlgan. Fransuzlarning aksariyati sanoatda band, qisman dehqonchilik bilan shugʻullanadi.
Ensiklopediya.uz
FRANSUZLAR