Fransuzlar kimlar? to’liq malumot oling
Fransuzlar kimlar??
______________
Fransuzlar — xalq. Fransiyaning asosiy axoliyey. 57 mln. ga yaqin kishi (1990-yillar oʻrtalari). Fransuz tilida soʻzlashadi. Dindorlari katoliklar. F.ning etnogenezida miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida hozirgi Fransiya hududiga kelib joylashgan kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar deb atashgan) muhim rol oʻynagan. Rim imperiyasi Galliyani (hozirgi Fransiya hududi) bosib olgach (miloddan avvalgi 58—52 yillar), F. ular bilan aralashib ketgan. Gallarning romanlashishi bn, ularning tili «lotin tili» boʻlib qolgan. 5-asrda german qabilalari — vestgotlar, burgundlar, franklarnint Galliyaga bostirib kirishi F.ning etnik tarixida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Frank davlati tashkil topgan. 9-asrda bu davlat Buyuk Karl tomonidan yirik imperiyaga aylantirilgan. 9-asrda F. xalq boʻlib shakllangan. 18-asr oxiridagi Buyuk fransuz inqilobi F.ning millat boʻlib shakllanishida hal qiluvchi omil boʻlgan..
Tarix
Fransuzlar kimlar?