Fransuz tili yo’nalishlari
kunduzgi
Fransuz tili yo’nalishlari
TABIIY FANLAR FAKULTETI
Ta’lim yo’nalishi nomi
O’qish muddati
O’qishni bitirgach qayerda ishlash mumkin
kunduzgi
sirtqi
Kimyo
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida, sanitariya-epidemiologiya nazorati idoralarida, metrologiya va standartlashtirish markazlarida, sertifikatlash organlarida, ekspertiza laboratoriyalarida, ilmiy-tadqiqot muassasalarida
Oziq-ovqat texnologiyalari
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash korxonalarida, sanitariya-epidemiologiya nazorati idoralarida, metrologiya va standartlashtirish markazlarida, sertifikatlash organlarida, ilmiy-tadqiqot muassasalarida ishlashlari
Biologiya (turlar bo‘yicha)
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida, sanitariya-epidemiologiya nazorati idoralarida, biokimyoviy tahlil laboratoriyalarida, ekspertiza laboratoriyalarida, ilmiy-tadqiqot muassasalarida
Geografiya
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’lim muassasalarida, kartografiya va gidrologiya markazlarida, ilmiy-tadqiqot muassasalarida
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
Ta’lim yo’nalishi nomi
O’qish muddati
O’qishni bitirgach qayerda ishlash mumkin
kunduzgi
sirtqi
Fizika va astronomiya
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida fizika, astronomiya fanlaridan dars berish, yangi yuqori unumli material va texnologiyalar yaratish hamda ularni ishlab chiqaruvchi korxonlarda muhandis, texnolog, ilmiy-tadqiqot muassasalarida
Matematika
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida, ilmiy-tadqiqot muassasalarida
Amaliy matematika
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida maxsus fanlardan dars berish (matematika, informatika va axborot texnologiyalari, fundamental mazmunini tashkil etuvchi matematik modellar)
Fizika
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida, ishlab chiqarish korxonlarida
Mexanika va matematik modellashtirish
Barcha ishlab chiqarish korxonalarida, tashkilotlarda muxandis, mexanik injiner, kompyuter texnologiyalari yordamida mexanik masalalarni modellashtirish bo‘limlarida rahbar lavozimlarida ishlash hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim muassaslarida pedagogik faoliyat yuritish huquqiga ega
FILOLOGIYA FAKULTETI
Ta’lim yo’nalishi nomi
O’qish muddati
O’qishni bitirgach qayerda ishlash mumkin
kunduzgi
sirtqi
Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida, nashriyotlarda, gazeta va jurnal tahririyatlarida, ilmiy-tadqiqot muassasalarida
Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida, nashriyotlarda, gazeta va jurnal tahririyatlarida, ilmiy-tadqiqot muassasalarida
Ona tili va adabiyoti (qirg‘iz tili va adabiyoti)
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida, ilmiy-tadqiqot muassasalarida
O’zga tilli guruhlarda rus tili
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida rus tilida tehsil olmaydigan o’quvchilarga dars beradi, ilmiy-tadqiqot muassasalarida
TARIX FAKULTETI
Ta’lim yo’nalishi nomi
O’qish muddati
O’qishni bitirgach qayerda ishlash mumkin
kunduzgi
sirtqi
Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha)
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida, ilmiy-tadqiqot muassasalarida
Arxivshunoslik
“O’zarxiv” agentligi viloyat bo’limlarida, O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida, viloyat va tuman davlat arxivlarida, korxona, tashkilot va muassasalarning joriy arxivlarida va kadrlar bo’limlarida
IJTIMOIY IQTISODIYOT FAKULTETI
Ta’lim yo’nalishi nomi
O’qish muddati
O’qishni bitirgach qayerda ishlash mumkin
kunduzgi
sirtqi
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida, tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashkilotchisi
Pedagogika va psixologiya
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida psixolog, ilmiy-tadqiqot muassasalarida
Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
Korxona, tashkilot va muassasalarda, psixologik xizmat markazlarida amaliyotchi psixolog, ilmiy-tadqiqot muassasalarida
CHET TILLAR FAKULTETI
Ta’lim yo’nalishi nomi
O’qish muddati
O’qishni bitirgach qayerda ishlash mumkin
kunduzgi
sirtqi
Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili)
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tegishlicha ingliz, fransuz va nemis tillaridan dars berishlari, tarjima agentliklarida tarjimon bo’lib ishlashlari mumkin.
Filologiya va tillarni o’qitish (nemis tili)
Filologiya va tillarni o’qitish (fransuz tili)
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar bo’yicha)
Turistik kompaniyalarda, tarjima agentliklarida yoki yakka tartibda gid va tarjimon sifatida
PEDAGOGIKA FAKULTETI
Ta’lim yo’nalishi nomi
O’qish muddati
O’qishni bitirgach qayerda ishlash mumkin
kunduzgi
sirtqi
Boshlang‘ich ta’lim
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Texnologik ta’lim
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
Ta’lim yo’nalishi nomi
O’qish muddati
O’qishni bitirgach qayerda ishlash mumkin
kunduzgi
sirtqi
Maktabgacha ta’lim
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, maktabgacha ta’lim vazirligining viloyat va tuman bo’limlarida
Qabul hay’ati
MANZILIMIZ
170100, O’zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko’chasi 129-uy E-pochta: agsu_info@edu.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30 Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14 Transport: 75-yo’nalishdagi taksilar
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI OO’MTV
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI ADU
Saytda nashr qilinayotgan ma’lumotlar uchun mualliflar javobgar. Saytdagi har qanday ma’lumotdan foydalanishga, bizning saytga havola ko’rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma’lumot ko’chirganida, qidiruv tizimlari uchun erkin, ochiq havola ko’rsatishi shart. Havola qisman yoki to’liq foydalanilishidan qat’iy nazar ko’rsatilishi shart.
Fransuz tili yo’nalishlari
Kafedra haqida
Bugungi kunda kafedrada Filologiya va tillarni o’qitish: nemis tili va Filologiya va tillarni o’qitish: frantsuz tili ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Kafedrada 16 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. Shundan, 3 nafari fan nomzodi, 6 nafari katta o’qituvchi va 10 nafar o’qitubchilardir. Kafedra Germaniya elchixonasi, Fransiya elchixonasi, Gyote instituti, Gerder instituti, Maks Plank instituti, Bonn universiteti, Konrad Adenauer jamg’armasi, Sorbonna universiteti va boshqa nufuzli tashkilotlar bilan ilmiy va amaliy hamkorliklar qilib kelmoqda.
Kafedrada tilshunoslikning dolzarb muammolari, folklorshunoslik, tarjimashunoslik, adabiy aloqalar, qiyosiy adabiyotshunoslik, chet tili o’qitishning zamonaviy muammolariga bag’ishlangan ilmiy yo’nalishlar mavjud bo’lib, professor-o’qituvchilar ana shu yo’nalishlarda ilmiy faoliyat olib borishmoqda. Kafedra professori O.Jumaniyozov 2006 yilda Germaniyaning Brokxaus nashriyotida chop qilingan 30 jildlik entsiklopediyaga hammualliflik qildi. Bundan tashqari kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 6 ta darslik, 10 dan ortiq o’quv va 40 dan ortiq o’quv uslubiy qo’llanmalar chop qilindi.
Kafedra qoshida ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar tashkil qilingandan buyon 1000 ga yaqin bakalavr, 10 ga yaqin magistrlar tayyorlandi.
Kafedra o’qituvchilari Germaniya, Fransiya, Bolgariya, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Malayziya kabi dunyoning yetakchi davlatlarining nufuzli oliygohlarida o’z malakalarini oshirib kelmoqdalar.
Bundan tashqari har yili nemis tili ta’lim yo’nalishi talabalari ham Germaniyaning bir qancha universitetlarida 1 oylik yozgi kurslarida o’qishni qo’lga kiritib kelmoqdalar.
Germaniyaning SES (Senior Experten Service) Xalqaro tashkilotidan taklif etilgan Janob Ralph Borschel Shu yilning 12-30 sentabr kunlari Urganch dav .
2020-yilda Urganch davlat universiteti “Roman-german filologiyasi” kafedrasi hamda Germaniyaning Münster shahridagi Vilhelm nomida .
24-may kuni Urganch davlat universiteti madaniyat saroyida Xorijiy filologiya fakulteti Roman- german tillari kafedrasi professor –o`qituvchi .
Бугун, илк бор Марказий Осиё бўйича Тошкентдаги Гёте-Институтида “DLL (Deutsch lehren lernen) – олмон тилини ўқитишни ўрганиш" .
Xorijiy filologiya fakulteti 191-ingliz guruh talabalari “Muqaddas ayol” mavzusiga bag’ishlangan tadbir o’tkazishdi. Tadbirda Zul .
2021 yil 27 fevral kuni katta o’qituvchi B.M.Gulimetova rahbarligida Xorijiy filologiya fakulteti fransuz tili ta’lim yo’nalishi& .
Ta’lim tizimimizda professional rivojlanish nihoyatda zarur! O’qitish bu aslida to’xtovsiz o’rganish jarayonidir! Urgan .
Roman-german filologiyasi kafedrasi bir qancha xorijiy tashkilotlar bilan aloqa o’rnatgan. Shu jumaladan Germaniyaning SES (Senior Experten Ser .
27-sentabr soat 14:00 da xorijiy filologiya fakulteti 191-nemis tili guruhi va 191-fransuz tili guruhi talabalari tomonidan Murabbiylar kuniga bag’ish .
Urganch davlat univarsiteti xorijiy filologiya fakulteti nemis tili ta’lim yo’nalishi 171-guruh talabalari yozgi malakaviy amaliyot davrid .
Urganch davlat universiteti nemis tili ta’lim yo’nalishi 171-guruh talabalari yozgi malakaviy amaliyot davrida muhtaram Prezidentimiz tomon .
2019 yil 22 iyun sanasida Xorijiy filologiya fakulteti o’qituvchisi Mina Gavell bilan “Farewell Party ” tadbiri bo’lib o’ .
Germaniya parlamentida ishlashni istaysizmi?
Agar Markaziy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa, Frantsiya, Isroil, Shimoliy Amerika, Marka .
Roman-german filologiyasi kaferdasi uchun ushbu o’quv yili juda samarali o’tdi. 2018 yil sentabr, oktabr oylarida Germaniyada SES tashk .
Хорижий филология факультетининг “Роман-герман тиллари” кафедрасида 19 июндан 28 июнгача факультетнинг 4 курс талабалари битирув малакави .
29 май куни соат 12.20 да Хоразм вилояти хокимлигининг маънавият ва маърифат марказида Германия федератив Республикаси президенти Франк-Вальт .
Kafedra ilmiy ishlari
Kafedrada ilmiy-tadqiqot faoliyati 2 yo`nalishda olib borilayapti: fransuz va nemis taillari o’qitish metodikasi, adabiy aloqalar, qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik.
Biz haqimizda Hodimlar Yangiliklar E’lonlar Ilmiy ishlar Aloqa Grantlar Nazorat savollari Fan dasturlar
E’LON 16-aprel kuni soat 12:00 da Xorijiy Filologiya Fakulteti Roman-g.
14.04.2021 yil “Roman-German filologiyasi” kaf.
O’zbekistondagi nemis tili o‘qituvchilarining bu yilgi 13- anjumaniga yozilish jarayoni boshlandi.
O‘z xujjatlaringi.
Kafedra ilmiy ishlari
Kafedrada ilmiy-tadqiqot faoliyati 2 yo`nalishda olib borilayapti: fransuz va nemis taillari o’qitish metodikasi, adabiy aloqalar, qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik.
Kafedraning xalqaro aloqalari
Germaniya elchixonasi
Frantsiya elchixonasi
SES, GTZ, LOGO, CIM, ZEF / UNESCO, DAAD jamg’armalari
Vine Stefan Triesdorf universiteti
Gyote instituti
2016 yilda fakultetimizning quyidagi talabalari xalqaro stipendiyalarga ega bo’lib, Germaniyada yozgi kurslarga qatnaydilar.
1. Jumaniyazov Kamol
Abdullayev Komila
Matnazarov Aziz
4. Hasanova Gullola
5. Qodirova Shoxsanam
2017-yilda fakultetimizdagi talabalar xalqaro stipendiyalarga ega bo’lib, Germaniyada yozgi kurslarga qatnaydilar.
1. Ismoilova Hirod
2. Kilicheva Shaxlo
3. Gulimmetova Rashid
4. Bobonazorov Nilufar
2017 yil 8 dan 11 noyabrgacha germaniyalik elchixona, Gyote instituti va boshqa nemis tashkilotlari kabi nemis tashkilotlari O’zbekistonda nemis tili o’qituvchilari o’qituvchilari kontsertini tashkil etishdi. Tadbirda fakultetimiz o’qituvchilari Jumaniyazov Atabay, Abdullaeva Gulnora, Sapaeva Raixon, Qodirova Nigora, Jumaniezova Dilnoza va Matkarimov Arslon ishtirok etishdi.
2018-yilda fakultetimizdagi talabalar xalqaro stipendiyalarga ega bo’lib, Germaniyada yozgi kurslarga qatnaydilar.
1. Qurbonova Zulxumor
2. Po’latova Gulirano
Abdusharipova Ahly
4. Koronboev Bobur
5. Kalandarova Mushtar
2018 yilning yozida kafedra o’qituvchilari Jumaniezova Zohid, Qodirova Nigora, Jumaniezova Dilnoza, Germaniyada seminarlar o’tkazadilar.
2018 yilda Germaniyaning SES kompaniyasi bilan hamkorlik qildik. Ushbu hamkorlik doirasida biz 6-dan 1-iyunga qadar germaniyalik Xans Passmanga o’qituvchi taklif qildik. Nemis va frantsuz talabalariga nemis va frantsuz tillarini o’rgatdi.
Germaniya Bundestagida ishlashni xohlaysizmi? Unda ushbu grant dasturi Siz uchun!
Germaniya parlamentida ishlashni istaysizmi?
Agar Markaziy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa, Frantsiya, Isroil, Shimoliy Amerika, Markaziy Osiyo yoki Arab dunyosidan kelib chiqqan bo’lsangiz, Germaniyaning Bundestagidagi ishni kuzatib borish uchun besh oy davomida Bundestag Xalqaro Parlament stipendiyasidan (IPS) foydalanishingiz mumkin, ishtirok etadi.
Germaniyaning Bundestagi har yili Germaniya, Berlin, Gumboldt universiteti va Berlin Texnik Universitetini qamrab oluvchi 44 nafar yoshlarning bitiruvchilariga 120 nafar stipendiya ajratmoqda. Dastur har yili 1 martdan 31 iyulgacha davom etadi.
Dastur Bundestag raisining himoyalaydi.
Germaniya va ishtirokchi mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarni rag’batlantirish
demokratik qadriyatlarni va bag’rikenglikni mustahkamlash
Madaniy xilma-xillikni anglashni chuqurlashtirish
dunyoda tinch-osoyishta yashashni ta’minlash.
Qabul 2022/2023
Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida ta’lim olish uchun quyidagi usullardan biri yordamida ariza topshirishingiz mumkin:
- Elektron arizani to’ldirish orqali
- Institut binosida joylashgan Qabul komissiyasiga murojaat qilish orqali
Elektron ariza shakli
Elektron tarzda ariza topshirish uchun quyidagi tugmani bosing.
Qabul komissiyasi manzili
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shivli 2-tor ko‘chasi, 1.3 uy
Mo’ljal: Bodomzor metrosi, Radisson Blu Tashkent mehmonxonasi
Tel: +998998416006, +998998426006
Telegram: @isfiadmin
Kirish imtihonlari
Institutga kirish imtihonlari qachon bo‘ladi?
Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida 2022/2023-o‘quv yilida ta’lim olishni istagan talabalarning bilim darajasini aniqlash uchun test sinovlari tashkil etiladi.
Test sinovlari 2023-yil 20-yanvar kunidan boshlab belgilangan Nizom asosida onlayn tashkil etiladi.
Institutga hujjat topshirgan abituriyentlarga imtihon kuni va onlayn test sinovlari havolasi alohida taqdim etiladi.
Imtihon haqidagi ma’lumotlar ISFI rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali e’lon qilinadi.
Veb sayt: isfi.uz Telegram: @isfi_uz Instagram: isfi.uz
Imtihon natijalari qachon e’lon qilinadi?
Test sinovlarining yakuniy natijalari va qabul qilingan abituriyentlar ro‘yxati 2023-yil 25-yanvar kunidan boshlab e’lon qilinadi.
Institutga hujjat topshirgan abituriyentlarga imtihon kuni va onlayn test sinovlari havolasi alohida taqdim etiladi.
Fransuz tili yo’nalishlari
Fransuzlarda ayolning jamiyatdagi o‘rni, kelin va qaynona obrazi: Fransiyaga kelin bo‘lgan xorazmlik tikuvchi qiz hikoyasi
Navbahor opa bilan fransuz va o‘zbek jamiyatida ayollarga bo‘lgan munosabat, ikki millatda kelinlik, qaynonalik pozitsiyasidagi farq va o‘xshashliklar haqida suhbatlashdik. Shuningdek, xotin-qizlarning shaxs sifatida rivojlanishida jamiyatning tutgan o‘rni haqida fikrlashdik.
— Navbahor opa, Fransiyaga borishingiz, «Bahor» brendining haqiqiy brendga aylangunga qadar bosib o‘tgan yo‘lingiz haqida so‘zlab bersangiz.
— Xorazmda oddiy oilada dunyoga kelganman. Baliqchi va tikuvchining qiziman. Yoshligimdan til o‘rganishga qiziqardim. Maktabda bizga fransuz tilini o‘qitishardi. Paxta dalasida, sholipoyalarida Fransiya madhiyasini yodlab, akalarimga aytib yurardim.
Shu qiziqish sabab O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga fransuz tili yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga topshirdim. Konraktga o‘qishga kirdim, lekin bilardimki, o‘sha vaqtda meni o‘qitishga ota-onamning imkoni yetmasdi.
Onamdan dizaynerlik kursiga borishga ruxsat berishlari va kelgusi yil yana o‘qishga topshirish uchun ruxsat so‘radim. O‘zlari ko‘p qiynalganliklari uchunmi, onam meni qo‘llab-quvvatladilar. Bir yil davomida bir nechta joyda ishlab, tikuvchilikni o‘rgandim. Kelgusi yil yana kontraktga o‘qishga kirdim.
Onam nima qilib bo‘lsa ham o‘qishimga pul topishlarini, otamni o‘zlari ko‘ndirishlarini faqat yuzlarini yerga qaratmasligim kerakligini aytib, meni o‘qishga jo‘natdilar.
O‘qish davomida ham ko‘p joylarda ishladim. Lekin baribir eng ko‘p kuchimni yaxshi o‘qishga qaratardim. Chunki mening baho olish uchun pora berishga imkonim yo‘q edi. Jamiyatda o‘z o‘rnimni topolmaganim va ishga joylashish uchun tanish-bilishlarim yo‘qligi sabab ketishga qaror qildim.
2007 yilda madaniy almashinuv dasturi bo‘yicha Fransiyaga ketdim. Vaqt o‘tgani sari tushunib yetdimki, men onamning kasbini — tikuvchilikni rivojlantirishim kerak. Qarz ko‘tarib, tikuv mashinasi sotib oldim. Asta-sekin hunarim ortidan pul topa boshladim.
2009 yilda Nikolya bilan tanishdim. U O‘zbekistonga keldi. Uch hafta gazsiz, suvsiz qishloq hayotida yashadi. Men chidolmasa kerak, aniq qochib ketadi, deb o‘ylagan edim. Lekin u chidadi. Uydagilarimning sinovidan o‘tganidan so‘ng, biz oila qurdik.
Farzandli bo‘ldik. Hayotimiz yaxshi edi, lekin doim miyamda nimadir qilish kerak, degan fikr aylanardi. Qayerdadir ish boshlasam, ko‘nglim to‘lmasdi. O‘zbekistondan shuning uchun kelganmiding, sen yaxshiroq nimadir qilishing kerak, degan fikr tinchlik bermasdi.
Tikadigan liboslarimga paxta guli belgisi bilan «Bahor» deb yozib emblema qo‘yadigan bo‘ldim. Shu mening brendim bo‘ladi, dedim. Tikyapman, narsalar sotilyapti, ketyapti, lekin «vauv» deydigan narsa bo‘lmayapti. Demak, hali ishlab chiqarayotgan mahsulotlarim brend darajasiga yetmadi, deganman. Brend bo‘lish uchun nimalar qilish kerakligini u paytda bilmasdim.
Fransiyaning ayrim joylarida chet elliklarning konsentratsiyasi bor. Ular bilan gaplashib ko‘rsangiz hayotni faqat qora ranglarda ko‘radi. Chunki uyi va bozordan boshqa joyni ko‘rmagan. Jamiyatga aralashmagan. Til bilmaydi, qo‘lida hunari yo‘q.
Bir kuni turmush o‘rtog‘im Nikolya aytib qoldi: «Sen shu ayollar bilan nimadir qilsang bo‘ladi-ku, sen tikishni bilasan, ularga hunaringni o‘rgatishing mumkin, til bilasan, til o‘rgatishing mumkin». Qanday qilaman, dedim. O‘sha paytda 2014-2015 yillarda assotsiatsiyalarni bilmasdim. Hokimiyatga borib nima qilmoqchiligimni tushuntirdim.
Ular g‘oyamga qiziqib qolishdi. Qayerga borishni tushuntirishdi. O‘sha paytda xalqaro maktabga grand yutib oldim. 6 oy davomida biznes reja qanday qilinadi, loyihaning ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy jihatlarini rivojlantirishni batafsil tushuntirib berishdi.
— Loyihangizning ijtimoiy va ekologik ahamiyati nimada?
— Onam tikuvchi edi. Qishloqda barcha qiynalgan ayollar onamning oldiga kelardi. Eridan kaltak yeganmi, moddiy jihatdan qiynaladimi, hammasi onamning oldiga kelardi. Onam shu ayollar uchun kerakli joylarga borib yordam berardi.
Olti oylik o‘qishni tamomlaganimda o‘zimga aytdimki, «Bahor» brendi mana shu bo‘ladi, jamiyatda qiynalgan ayollarga yordam beradi. Haqiqiy kadrlar tayyorlaydi, ayollarning o‘z o‘rnini topishiga yordam beradi.
Oldimga bir necha vazifalar qo‘ydim: birinchidan, nafaqat ish berish, ayollarni ichdan rivojlantirish. Ayollarga birinchi navbatda til o‘rgatish. Kut-kultura, deyiladi chet elda. Til bilmaganidan keyin fransuzlar bilan aloqa yo‘q. Aloqa bo‘lmaganidan so‘ng jamiyatda o‘rnini topishga qiynaladi.
Til va madaniyatini o‘rgatib, keyin tikish-bichish sohasida ularni professional qilish. Shundan so‘ng ularni ishga joylashga yordam berish yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman desa, kuzatib borish. Birdan ularni o‘z holiga tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki tadbirkorlikning boshi hamisha qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ularning yonida turish, bir-ikki yil muammosini yechishga yordam berish kerak.
Siz qilib bermaysiz, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatasiz, o‘zi qiladi. Shu orqali tajriba orttiradi. Bu — ijtimoiy tarafi.
Ekologik tomoni bu, bilasizki, tekstil sohasi dunyoda ekologiyani ifloslash jihatidan neft sohasidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Tabiatga zarari katta, bo‘yoqlar, yana suv sarfining ko‘pligi jihatidan. Ayniqsa, Fransiyada lyuks sohani ushlab turganidan keyin ularda chiqindi ko‘proq.
Chiqindilarni tashlashadi yoki yoqib yuborishadi. Men borib o‘sha chiqindilarni olib, o‘shalardan kiyim yarataman, dedim. Shu jihatidan ham «Bahor» brendi ekologik mas’uliyatli brend hisoblanadi.
— Matoning chiqindisi deganda odatda hech narsaga yaramaydigan mayda qiyqimlar tushuniladi. Siz aytayotgan chiqindi qanday?
— Chiqindi deganim uchun Fransiyada ham boshida juda yomon qabul qilishgan, omma tomonidan. Aslida, ko‘pchilik korxonalar lyuksga ishlagani uchun matoning tarkibida bitta ham tola uzilmagan bo‘lishi kerak. Bitta tola uzilgan bo‘lsa ham u chiqindiga tashlanadi. Biz o‘shalarni tannarxida sotib olamiz. Bu uncha-muncha davlatlarnikidan sifatli bo‘ladi.
— Fransuz va o‘zbek jamiyatining ayolga bo‘lgan qarashlarida qanday farq bor?
— Fransiyada ayol ancha qadrlanadi va ayolning xohishi hurmat qilinadi. O‘zbekistonda ham tashqaridan qaralganda bunga siyosiy xohish bilinyapti. Lekin hali qilinadigan ishlarimiz ancha ko‘p. Ayniqsa, tarbiyaga e’tibor qiladigan bo‘lsak, qizlarni yoshligidan uy ishlarini qiladigan odam emas, balki ulardan kadr, injyener chiqarishga harakat qilsak, albatta hayoti chiroyli bo‘ladi. Qiz bolaga ham, o‘g‘il bolaga ham bir xil ishonch bildirishimiz kerak. Hozircha o‘zgarishning boshlanishi sezilyapti.
— Fransuz va o‘zbek ayollarining dunyoqarashida farq sezasizmi?
— Albatta seziladi. Chunki fransuz ayollari ko‘proq mustaqil fikrlaydi. Qo‘shnim gapiradi, odamlar nima derkin, demaydi. O‘zi xohlaganini qiladi va buning uchun afsuslanmaydi.
Bizda ko‘proq ayollarimiz ota-onam nima deydi, odamlar nima deydi, deb o‘zini jamiyat qurboniga aylantiradi. Birovni istagini bajarish uchun o‘zi baxtli bo‘lmaydi. Ko‘pchilik qizlarda, ayniqsa viloyatlarda seziladi. Bu men uchun achinarli hol.
Baxt deganda men faqat oila, farzand ko‘rishni tushunmayman. Oilada ham, jamiyatda ham o‘z o‘rnini topish men uchun muhimroq. Mana shu muammolarda ishlarimiz ko‘proq.
— Jamiyatning qurboniga aylanadi, deb aytib o‘tdingiz. So‘nggi paytda suitsid darajasi ko‘payib ketdi. Buning ko‘p qismi oilali ayollarga to‘g‘ri kelmoqda. Sabab qilib, eri yoki qaynonasi tomonidan bosimga uchrashi ko‘rsatilmoqda. Fransiyada qanday?
— Ayollarga zo‘ravonlik butun dunyoda mavjud illat. Fransiyada ham bor. Har bir millat vakillari orasida bor bu narsa. Lekin O‘zbekistonga nisbatan ancha kam. Chunki u yoqda haqiqiy assotsiatsiyalar, davlat idoralari ularga hech qachon befarq qarashmaydi. Kichkinagina muammo bo‘ldimi, bu tezda inobatga olinadi. Ayniqsa, farzandli ayollarga.
Bu O‘zbekistonda qanchalik kuchga kirgan men bilmayman. Boya aytganimdek yoshligidan ta’limni qurol qilish, qizlarda o‘ziga ishonchni shakllantirish kerak. Ayrimlarda eshitaman, uyga qaytib kelma, yuzimni qora qilasan, deyishadi.
Shundaylarga qizim, sen hunar o‘rgangin, qizim sen o‘qigin, shu vaziyatdan chiqib ketasan, deb tayyorlasa, bunday vaziyatlar ancha kamayadi. Keyingi avlod ham onasiga qarab harakat qiladi. Ming afsus, ba’zilar juda konservativ oilalarga tushib qolgach, kelinning suyanadigani yo‘q, eri balki ishlagani chet davlatga ketgandir, balki xotini bilan ishi yo‘qdir, balki ular illyuziyada turmush qurgandir.
Haqiqiy muhabbat bu ich-ichidan bir-birini tushunish, hurmat qilish men uchun. Qanday bo‘lsa, shundayligicha, kamchiligi bilan qabul qilish. Sevgi — bu snapchatda yurakchalar qo‘yish emas. Bir-birini tushunish, yordam berish. Urush yoki, haqoratlash emas.
Men hech qachon birov mening hayotimni hal qilishini istamaganman. O‘zingiz javobgarsiz hayotingiz uchun. Uni chiroyli qilish, tushgan vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilish ham o‘z qo‘lingizda.
— Aytganingizdek, aksar oilalarda kelinning suyanchig‘i yo‘q. Kelinga past nazar bilan qarash bor. O‘zbek qaynonasi deganda zug‘umkor ayol ko‘z oldiga keladi ko‘proq. Fransiyada kelin, qaynona obrazi qanday?
— Mana olti oydan buyon O‘zbekistonda ishlayapman. Haqiqatan ham qaynona desa, ayrim kelinlar titrab ketadi. Kobra eslanadi. Albatta, qaynonalarning hammasi ham unday emas.
Fransiyada bu tabiiy qabul qilinadi. Munosabatlar o‘zaro hurmat bilan qurilgan. O‘z hayotim misolida gapiradigan bo‘lsam, biz qaynona bilan birga yashamaymiz. 18–20 yoshdan bolalar mustaqil yashashga o‘rgatiladi. Shu vaqtgacha ko‘rmadim, bir tom ostida yashagan qaynona-kelinni.
Albatta, ko‘rishib turamiz. Jamiyat, muammolar, ishlar haqida gaplashamiz. Qaynonam nabiralarini ko‘rganidan xursand bo‘ladi. Totuvlik, hamjihatlik bor oramizda. Qaynonam men uchun, men qaynonam uchun xizmat qilishimiz mumkin. Bunga tabiiy qaraladi. Kelin shaxs sifatida qabul qilinadi.
Avtoritar qaynonalar ham bor. Lekin ancha kam.
— Urf-odatlar, to‘y marosimlari, quda-andachilik munosabatlari qanday?
— Turmush qurayotganda avvalo yigit bilan qiz qaror qabul qilishadi. Hamma sharoitidan kelib chiqqan holda harakat qiladi. Xarajatlar uchun kelin va kuyov ham birdek hissa qo‘shishadi. U jamiyatda hamma ishlaydi. To‘y uchun hech kim qarz olmaydi.
Shundan so‘ng hech qanday urf-odatlar, chorladi, beshik to‘y kabilar yo‘q. Tug‘ilgan kunlarda, birlashtiradigan bayramlarda yig‘ilishamiz, bo‘ldi. Qo‘y so‘ygin, u qil, bu qil degan narsalar yo‘q.
— Ayol kishining shaxs sifatida rivojlanishi uchun qaysi omillar rol o‘ynaydi?
— “Botqoq”qa tushib qolgan ayol ikki kunda o‘ziga kelmaydi. Bu judayam uzun protsedura. Yillar ketadi bunga. Shuning uchun psixologlardan, boshqalardan diagnozini olib, hayoti xavf ostida turibdimi, muammolarini darhol hal qilish kerak.
Hayoti xavf ostida turibdimi, avvalo aniqlashadi, u uchun nima muhim? Nima qilishni xohlaydi, qayerga yo‘naltirish kerak, balki unga haqiqiy psixologik yordam kerakdir. Ana shularni hisobga olgan holda asta-sekinlik bilan ayolni jamiyatga qaytaradi.
Ayol o‘zini tiklab olganidan keyin, endi u tayyor ishlashga yoki tadbirkorlikka. Bu ayolning o‘ziga bog‘liq jarayon. U o‘zini botqoqqa tashlab, bo‘ldi, men tamom bo‘ldim, endi o‘laman, desa hech narsa qilolmaysiz. Chunki ichida xohish yo‘q.
Ko‘pchilik ayollar farzandi uchun harakat qilishadi. Lekin aslida avvalo o‘zi uchun, keyin farzandi uchun harakat qilishi kerak.
— Muhojir ayollarning tilini, madaniyatini bilmagan davlatga borishga nima majbur qilgan?
— Ellikka yaqin ayollar bilan suhbatlashganimda, barchasidan so‘raganman, nimaga, nimaga, nimaga? Kimdir turmushga chiqqan, kimdir kimgadir ishonib kelib qolgan. Jamiyatda soatiga 10 yevro topaman deb ishga berilib ketadi-da, til qolib ketadi. Yoki ishini yo‘qotib qo‘yadi-da, til bilmagani uchun boshqa ish topolmaydi.
Chunki u jamiyatga kirish uchun fransuz tilini bilish kerak. Kommunikatsiya bu eng kerakli narsa. Kommunikatsiya bo‘lmasa biz aloqa qilolmaymiz. Jamiyatda o‘z o‘rnini topish uchun, ish topish uchun tilni bilish kerak.
Nega kelding, qanday kelib qolding, deb so‘raganimda ba’zilari men qaytib ketishni xohlardim, deydi. Fransiyada ayolning xohishi hurmat qilingani uchun ham u qaytib ketishga haqli, lekin uning farzandi bor, u majbur bo‘ladi o‘sha yerda qolishga.
Muammolar har xil, bir xil emas. Yechimi ham turlicha. Kaltak yegan, zo‘ravonlik, muammolar o‘xshash bo‘lishi mumkin, lekin sabablar har xil.
Shu muammolar ichiga o‘zini tashlab yuborganlar ham bor. Men bir o‘zim bu muammoni yecholmasdim. Boshqalardan yordam so‘rayman. Qanday qilsak bo‘ladi, nima qilsak hayotga qaytarolamiz, deb.
— Fransiyadagi «Bahor» brendining ishini O‘zbekistonda ham tashkil qilish niyatingiz borligini aytgan edingiz. Olti oydan buyon Xivada ish olib borayotgan ekansiz. Nimalar qildingiz?
— Aynan tikish-bichish bilan bog‘liq bo‘lmadi-yu, turizm sohasi bilan bog‘liq ish ochdik. Xivadan bir restoran olishga muvaffaq bo‘ldik. U yerda aynan temir daftarga kiritilgan, jamiyatdan chetga chiqib ketgan ayollar bilan ishlashga harakat qilyapman.
Chunki faqat mablag‘ tomonidan emas, bu avvalo insoniy mas’uliyat. Bir-birimizga yordam berishimiz kerak. Harakat qilyapman, shunday ayollarga ko‘proq yordam berishga.
— «Ayollar daftari», «Temir daftar» dedingiz. Demak, O‘zbekistonda olib borilayotgan ishlardan xabaringiz bor. Fransiyada ham shunday «daftar»lar bormi?
— Aynan bunday daftarlar yo‘q, lekin assotsiatsiyalar bor. O‘ta og‘ir ahvoldagi ayollar bo‘lishi mumkin, jismoniy tomondan zo‘ravonlikka uchragan yoki tashlab ketilgan ayollar bilan ishlaydigan assotsiatsiyalar bor. Hujjatsiz yurgan ayollarning huquqlarini himoya qiladigan tashkilotlar bor.
Iqtisodiy, ish orqali yo‘lini topishga ko‘maklashadigan tashkilotlar bor. Ulardan o‘tib keyin menga kelishadi. Shunday bo‘lak-bo‘laklarga bo‘linganmiz-u, lekin birga ishlaymiz.
— Til bilmay turib chet davlatga ishlagani ketayotgan ayollarga nima degan bo‘lardingiz?
— Bir sirni aytaymi? Hozir O‘zbekistonda ish ko‘p. Rivojlantirilmagan, egallanmagan sohalar talaygina. O‘ylashadiki, 500 dollar ko‘proq topaman, uy olaman, mashina olaman, deb. Bu milliy mentalitetga aylanib qolgan.
Men uchun eng achinarli hol, bu farzandlarni tashlab ketish aslida. Chunki yoshligimda onam ko‘p kasal bo‘lib, davolanishga ketgani sabab shu qo‘rquv bilan katta bo‘ldim. Hozir ayniqsa, farzandlar uchun bu muhim. Ayniqsa, telefon, internet bor. Xavf qo‘limizda yuribdi bunday olib qaraganda. Har xil oqimga kirib ketishi mumkin.
Onaning yoki otaning borligi farzand uchun tayanch aslida.
Ishonasizmi, bizni hech kim u yerda kutib turgani yo‘q. O‘z joyimizni o‘zimiz qilishimiz kerak. Siz tayyormisiz shu narsaga? Har tomonlama bu psixologik tomondan, jismoniy tomondan, iqtisodiy tomondan? Fundamentni O‘zbekistonda boshlab, keyin borsa bo‘ladi.
Charos Mannonova suhbatlashdi.
Operator va montaj ustasi Mirvohid Mirrahimov.
Fransiyada o‘qish
Har yili dunyo bo‘ylab 290 mingga yaqin talabalar ta’lim olish uchun Fransiyani tanlashadi. Buning natijasi o‘laroq, Fransiya ingliz tilida ta’lim beruvchi davlatlarni hisobga olmaganda, xorijlik talabalar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi.
Fransiyada ta’lim, bu 3 500 dan ortiq dunyoga mashhur oliy ta’lim muassasalari va tadqiqot markazlari milliy tarmog‘iga tayanuvchi yuksak darajadagi ta’lim tizimida bilim olish demakdir. Fransiyada ta’lim, bu Fransiya madaniy boyliklaridan foydalanish, shuningdek, uning iqtisodiy dinamikasiga kirish yo‘lidir.
Fransiyada xorijlik talabalar mahalliy talabalar bilan bir xil huquqlarga egadirlar. Milliy ta’lim muassasalarida ta’lim sarf-xarajatlarining katta qismini davlat o‘z bo‘yniga olgan (bir talaba uchun bir yilda 10-14 ming evrogacha). Ushbu imtiyoz oliy ta’lim muassasalariga yozilish narxini dunyoda eng past narxlarda ushlab turishga, shuningdek, beriladigan bilim darajasining yuqori saviyada bo‘lishiga imkon yaratadi.
Fransiya Tashqi ishlar vazirligi xorijlik talabalarni qo‘llab-quvvatlash borasida Campus France agentligiga tayanadi. Mazkur agentlik Fransiya oliy ta’limini xorijda targ‘ib etish va chet ellik talabalarni kutib olish, joylashtirish masalalari bo‘yicha yagona davlat tashkiloti hisoblanadi.
Campus France Toshkent bo‘limi, agentlikning O‘zbekistondagi filiali hisoblanib, 2013-yil sentabr oyida ochildi. Bo‘lim o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsad – Fransiyada ta’lim olish istagidagi o‘zbekistonlik talabalarga butun o‘qish jarayoni davomida amaliy yordam ko‘rsatishdir. Ta’lim yo‘nalishini tanlash, oliy o‘quv yurtlariga yozilish, ta’lim stipendiyalari izlash borasida barcha ma’lumotlar bo‘lim saytida mavjud (rus tilida). Fransiyada ta’lim olish bo‘yicha sizni qiziqtirgan ma’lumotlarni olishingiz uchun Campus France Toshkent bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.
Har yili Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Fransiyada magistratura darajasida ta’lim olish uchun Davlat stipendiyalari dasturini taqdim etadi. Ushbu stipendiyalar bakalavr diplomiga ega va Fransiyada magistraturani davom ettirishni istagan fransuz tili yoki ingliz tilini biladigan o‘zbekistonlik talabalarga mo‘ljallangan.
Ushbu dastur doirasida stipendiya sohibi bo‘lish uchun qo‘yiladigan talablar, tanlov shartlari haqida batafsil ma’lumotlar uchun quyidagi sahifamizga o‘ting :
(https://www.ouzbekistan.campusfrance.org/programma-stipendii-francuzskogo-pravitelstva-bgf)
Foydali havolalar:
Fransuz tilini Fransiyada o‘rganish: Fransiyada joylashgan fransuz tilini chet tili sifatida o‘qitadigan o‘quv muassasalari ro‘yxati: www.qualitefle.fr/IndexAlpha.aspx
Campus France agentligi: Fransiya oliy ta’limini xorijda targ‘ib etish va xorijlik talabalarni kutib olish, joylashtirish bo‘yicha milliy agentlik: www.campusfrance.org
Fransiyaga ta’lim olish uchun kelish: Fransiya Tashqi ishlar vazirligi saytida mavzu yuzasidan barcha ma’lumotlar: www.diplomatie.gouv.fr/fr/venir-en-france-22365/etudier-en-france-12794/
Bog‘lanish uchun:
Qiziqarli malumotlar
Fransuz tili yo’nalishlari