Fransuz Respublikasi

Fransuz Respublikasi
fransuz respublikasi 65cb133278ace

photo 2020 12 15 23 24 04

Fransuz Respublikasi

DO`STLARGA ULASHING:

Fransuz Respublikasi
République française

Fransiya, Fransiya Respublikasi (République Française) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shimolda Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, janubida Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km². Aholisi 67,022 million kishi (2019). Poytaxti — Parij shahri. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti xududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.

Fransiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1958 yil referendumda qabul qilintan (bir necha marta oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy va toʻgʻridantoʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi xokimiyat — parlament 2 palata (Milliy majlis va Senat)dan iborat.

Fransuz Respublikasi