FRANKONIYA
FRANKONIYA (Franken) Germaniyadagi tarixiy viloyat. Ilk oʻrta asrlarda franklar istiqomat qilgan hudud, 9-a. oxiri — 939-y. da Germaniya qirolligining qabilaviy gersogliklaridan biri, keyinchalik bir necha feodal mulklarga parchalanib ketgan. Frankoniya nomi faqat Sharqiy Frankoniya (Mayn daryosi xavzasi) uchun saklanib krlgan. Uning katta qismi 1803-y. da Bavariya tarkibiga kiritilgan.
Ensiklopediya.uz
FRANKONIYA