FRAKIYALIKLAR

FRAKIYALIKLAR

FRAKIYALIKLAR — qad. da Bolqon ya. o. ning shim. sharqida hamda Kichik Osiyoning shim. gʻarbida yashagan hindevropa guruhiga mansub qabilalar (daklar, getlar, besslar, odrislar, triballar va b.)ning umumiy nomi. Dastlab, F. Adriatika dengizigacha boʻlgan hududni band etgan, lekin mil. av. taxm. 13-a. da illiriylar tomonidan Sharqqa siqib chiqarilgan. Frakiyaliklar dehqonchilik, chorvachilik (asosan, yilqichilik) va kulolchilik bilan shugʻullangan, kon sanoati va metallni qayta ishlash rivojlangan.

Ensiklopediya.uz
FRAKIYALIKLAR