Foydali raqamlar to’liq malumot oling

Foydali raqamlar to’liq malumot oling

Insonlarda uchraydigan xastaliklarning aksariyatiga noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida kelib chiqadi. Quyida taqdim etilayotgan ma’lumotlar sog‘ligimizni mustahkamlashga ko‘mak beruvchi mahsulotlar miqdori haqida bo‘lib, ularni ovqat ratsioniga kiritsangiz ayni muddao.

foydali raqamlar 1

Meva. Mustahkam sog‘liqqa ega bo‘lish uchun kun davomida 300 gramm meva tanovul qiling.
Yong‘oq va danaklar. Yong‘oq va pistani 30 grammdan haftada 5 martadan kam bo‘lmagan miqdorda iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Dengiz mahsulotlari. Omega-3 kislotasi mavjud yog‘ mahsulotlariga boy dengiz mahsulotlarini har kuni 250mgdan tanovul qiling. Bu sog‘lik uchun juda foydali
Tuz. Ko‘p miqdorda tuz iste’mol qilish sog‘lik uchun zararli. Kun davomida 2 gr.dan ortiq bo‘lmagan miqdorda tuz iste’mol qilish maqsadga muvofiq.
Ko‘p miqdordagi shakar. Shirin gazli ichimliklar hech qanday foydali xususiyatga ega emas. Sog‘ligingiz uchun bu kabi mahsulotlardan voz kechganingiz maqul.
Go‘sht. Organizm uchun hafta davomida 100 gr. miqdordagi go‘sht mahsuloti yetarli sanaladi.
Sabzavotlar. Kun davomida 400 gr miqdorida sabzavot iste’mol qiling.
Dukkakli mahsulotlar. Guruch, grechka, suli kabi mahsulotlar iste’mol qiling.

Xurshida Husenova

soglom.uz/tavsiya/foydali-raqamlar/

Foydali Maslahatlar
Foydali raqamlar