FOYDALI HASHAROTLAR
FOYDALI HASHAROTLAR — q. x. ekinlari zararkunandalari mikdorini kamaytiradigan, shuningdek, odamga bevosita yoki bilvosita foyda keltiradigan hasharotlar. F. h. oʻsimlik gullarini changlatuvchi, oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat uchun xom ashyo beruvchi, ekinlar zararkunandalari va b. zarar beruvchi hayvonlar hamda begona oʻtlarning tabiiy kushandalari, tabiiy jarayonlarda ishtirok etuvchilar kabi guruxlarga ajratiladi. Hasharotlarning, ayniqsa, ari va asala/sharning oʻsimlik gullarini changlatishdagi ahamiyati qadimdan maʼlum. Oziq-ovqat mahsulotlari va texnika materiallari beruvchi Foydali hasharotlarga asalarilar (asal va mum beradi), tut ipak qurti (pilla), ayrim cherveslar (lok ishlab chiqaradi) va b. kiradi. Zararkunanda hasharotlar kushandasi yoki ularda parazitlik qiluvchi koʻpgina Foydali hasharotlar maʼlum. Mac, oltinkoʻzlar, sirfidlar, xonqizi qoʻngʻizlari, kanaxoʻr, tripslar, yirtqich qandala — oriuslar, afididlar va b. Oʻsimliklarni himoya qilishning biologik usulida parazit entomofaglardan trixogramma, gabrabrakondsh (tunlamlar tuxumi va qurtiga qarshi) foydalaniladi. Shumgʻiyap qarshi mahalliy gerbifag — fitomiza pashshasi muvaffaqiyatli qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
FOYDALI HASHAROTLAR