FOTOGRAFIYA

FOTOGRAFIYA

FOTOGRAFIYA (foto… va…grafin) — maxsus optik asbob fotoapparat yordamida yoruglik sezgir fotografik materiallar (maxsus modda qoplangan qogʻoz, shisha, plyonka)da obyektning oqqora yoki rangli tasvirini hosil qilish usuli; shunday usulda olingan surat. Fan, texnika va sanoatning muhim sohasi. Yorugʻlikning fotoapparatga joylangan fotomaterial (mas, fotoplyonka)ning yorugʻlik sezgir qatlamida yashirin fotografik tasvir hosil qilish xossasiga asoslangan. Kimyoviy fotografik ishlov berilgani (kimyoviy modda — ochiltirgich taʼsir ettirib ochiltirilgani)dan soʻng koʻrinadigan tasvir (oddin negativ, keyin pozitiv) hosil boʻladi. Bu tasvir fotonusxa (fotosurat) deb ataladi. Ochiltirgich tarkibiga metol, gidroxinon, paraminofenol, amidol, glitsin, dietilparafenildiamin (rangli tasvirlar uchun) va b. kimyoviy moddalar kiradi. Ochiltirilgan tasvirga mustahkamlagich modda (fiksaj) taʼsir ettirib, fotosurat mustahkamlanadi. Mustahkamlagich sifatida natriy tiasulfat (giposulfit) asosidagi eritmalar (odatda, suvdagi 25% li eritmasi) qoʻllanadi. Baʼzi fotografik jarayonlarda «kaytar» fotomateriallardan foydalaniladi. Maxsus kimyoviy ishlov berilganidan soʻng ularda bevosita pozitiv hosil boʻladi.

Ensiklopediya.uz
fotografiya