Foto: O‘zbekiston qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonlarga tushgan jonivorlar

Foto: O‘zbekiston qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonlarga tushgan jonivorlar

Qo‘ng‘ir ayiq zaif, tabiatda kamyob, mozaik tarqalgan kenja tur. G‘arbiy Tyanshan, G‘arbiy Pomir Oloy tog‘larida istiqomat qiladi. 1970-yillarda 220tasi hisobga olingan, hozirda soni 150tadan kam. Ko‘plari Hisor, Chotqol, Zomin qo‘riqxonalarida saqlanadi. Ikki yilda bir marta bolalaydi va 30 yilgacha yashaydi. Asosan brakonerlar tomonidan ovlanishi oqibatida soni keskin kamayib ketmoqda. Qo‘ng‘ir ayiqni ovlash taqiqlangan. Tog‘ qo‘riqxonalari va milliy bog‘larda muhofaza ostiga olingan.

O‘zbekistonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi?

Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik ovchi O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otib o‘ldirgani, buning uchun Ekologiya qo‘mitasi rahbaridan ruxsatnoma olgani bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi.

Muhokamalar avj olishi ortidan Adliya vazirligi O‘zbekiston hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to‘lash asosida amalga oshirilishini eslatib o‘tdi.

Qayd etilishicha, “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, hayvonot dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish (ovlash, ko‘paytirish maqsadida tutqunlikda saqlash va h.k.) tasdiqlangan kvotalar doirasida amalga oshiriladi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 10 dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 10 mayga qadar) bo‘lgan muddatda Fanlar akademiyasining xulosasi asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi joriy yil 3 mart kuni Rossiya Federatsiya fuqarosi Shirokovu Ye.P.ga O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan 2 ta Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otishga №400030-son ruxsatnoma berilganini ma’lum qildi.

Foto: O‘zbekiston qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonlarga tushgan jonivorlar

Hisor, Zomin va Qizilqum qo‘riqxonalarida o‘rnatilgan fotoqopqonlarga ayrimlari O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar tez-tez tushib turadi. Tabiat resurslari vazirligi ularni baham ko‘radi.

Hisor qo‘riqxonasi

Bu safar fotoqopqonga qor qoploni tushdi

Qor qoploni O‘zbekiston Qizil kitobiga va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi ro‘yxatiga kiritilgan. Bu yo‘qolib ketish arafasida turgan mahalliy tarqalgan tur.

Hayvon juda yashirin hayot tarzini olib boradi va tunda faol bo‘ladi, kunduzi u g‘orlarda, tosh yoriqlarida yashirinadi. Qor qoplonlari har ikki yilda bir marta ko‘payadi va yovvoyi tuyoqlilar ortidan mavsumiy vertikal migratsiyalarni amalga oshiradi.

Fotoqopqonlar odatda baland, borish qiyin bo‘lgan tog‘larda yashaydigan sibir tog‘ echkisini ham tasvirga oldi.

Bu yer hayvonlarning doimiy yashash joyi hisoblanadi. Qo‘riqxona xodimlarining ta’kidlashicha, tog‘ echkilarini muhofaza qilish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli ularning soni yanada ko‘payishi kutilmoqda.

Qizilqum qo‘riqxonasi

Qamish mushugi ham f qotopqonning obyektiviga tushib qolgan.

Odatda ular Amudaryoning o‘rta va quyi oqimidagi chakalakzorlarda va suv omborlarining qirg‘oq zonasida yashaydi.

Amudaryo suvlarida yovvoyi o‘rdaklarni ham ko‘rish mumkin. Tabiat resurslari vazirligi ular tasviri tushirilgan videoni e’lon qildi.

Zomin qo‘riqxonasi

Zominda o‘ziga joy tanlab, hordiq chiqarayotgan yolg‘iz bo‘ri fotoqopqonga tushib qoldi. Oradan ikki soatlar o‘tib, u atrofni kuzatadi va so‘ngra jo‘nab ketadi.

Bo‘rilar ajoyib eshitish va ko‘rish qobiliyatiga ega, bu ularga qorong‘ida yaxshi ko‘rishga yordam beradi.

Chotqol qo‘riqxonasi

Tabiat resurslari vazirligi Turkiston silovsini tasvirini ham e’lon qildi.

Jonivor ochiq o‘rmonlar va dashtlarda yashaydi, shuningdek, O‘rta Osiyoning cho‘l mintaqalarining qoyali tepaliklari va tog‘larida ham uchraydi. U asosan kechasi, ba’zan kunduzi faol bo‘ladi, qolgan vaqtlari esa zich chakalakzorlarda yashirinadi.

Turkiston silovsisi Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va Qizil kitobga kiritilgan.

  • # fotoqopqon
  • # silovsin
  • # tabiat resurslari vazirligi

Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar ro’yxati

Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali «Qizil kitob»ga kiritilgan ayiq, jayron kabi hayvonlarning va oqqush, turna kabi qushlarning ayovsiz o‘ldirilayotgani haqidagi xabarlarga tez-tez guvoh bo‘lyapmiz.

Masalan, Qashqadaryoda o‘ldirilgan ikki ayiq ham noyob qo‘ng‘ir ayiq turiga mansub. Bu ayiqni ovlash taqiqlangan va muhofaza ostiga olingan. Oldingi o‘ldirilgan hayvonlar uchun jazo berilmagani bois, ruhlangan boshqa ovchilar vahshiylikni davom ettirgani sir emas.

Ijtimoiy tarmoqlardagi bunday mavzularga ko‘pchilik «hayvon odamdan azizmi», «quturgan bo‘lsa-chi», «tashlangan bo‘lsa indamay qarab turish kerakmi», deb izoh qoldirishadi. Ya’ni, hayvonni o‘ldirganlarni oqlashadi. Nahotki, ayiqni kinolarda, hujjatli filmlarda ko‘rsatilganidek baqirib-chaqirib qo‘rqitish usullaridan foydalanishning imkoni bo‘lmasa?

Qo‘ng‘ir ayiq zaif, tabiatda kamyob, mozaik tarqalgan kenja tur. G‘arbiy Tyanshan, G‘arbiy Pomir Oloy tog‘larida istiqomat qiladi. 1970-yillarda 220tasi hisobga olingan, hozirda soni 150tadan kam. Ko‘plari Hisor, Chotqol, Zomin qo‘riqxonalarida saqlanadi. Ikki yilda bir marta bolalaydi va 30 yilgacha yashaydi. Asosan brakonerlar tomonidan ovlanishi oqibatida soni keskin kamayib ketmoqda. Qo‘ng‘ir ayiqni ovlash taqiqlangan. Tog‘ qo‘riqxonalari va milliy bog‘larda muhofaza ostiga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida»gi 2014-yil 20-oktyabrdagi 290-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-ilovasi «Hayvonot dunyosidan foydalanish tartibining buzilishi sababli yetkazilgan zarar hajmini hisoblash uchun to‘lovlar» miqdori bo‘yicha yoshi, kattaligi, og‘irligi va jinsidan qat’i nazar har bir hayvon (kallasi, terisi, shoxi va boshqalar) uchun jismoniy va yuridik shaxslar uchun eng kam oylik ish haqiga nisbatan 100 koeffitsiyent miqdorida zarar hisoblanishi belgilangan. Ammo qonunni buzganlarga mana shunday jazo turi qo‘llanilyaptimi?

Ayiq yirtqichligi uchun odamlar o‘zini himoya qilarkan (o‘ldirish orqali himoya qilishni oqlab bo‘lmaydi) nega jayronlar ommaviy ovlanmoqda. Bunday mavzularga ham odamlarning fikrlashini eshitib yoki o‘qib yoqangni ushlaysan. «Go‘sht qimmat bo‘lgandan keyin nima qilishsin», «jayronning go‘shti shirin bo‘ladi». Nahot aholimizning hayvonlarga munosabati, atrof-muhitni, tabiatni, ekologiyani asrab-avaylashga tushunchalari shu qadar, faqat qorin qayg‘usi darajasida sayoz bo‘lsa? Gap qirilib ketayotgan noyob tur haqida ketayotganda uni yeyish yoki go‘shtining mazaliligi birinchi o‘ringa chiqsa?

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qizil kitob»ga kiritilgan oqqushni ovlagan va boshqa o‘ljalarini ko‘z-ko‘z qilgancha o‘zini «qahramon» ko‘rsatib, sahifasiga joylashtirishlariga nima deysiz? Bu tengi yoshlar jamiyatga, ona tabiatga foydasi tegishi uchun turli loyihalarni yaratayotgan bir paytda yoshgina yigitning beshafqatligini, mas’uliyatsizligini qanday baholash mumkin?

Bundan sal oldin Instagramda andijonlik «qahramon» «Qizil kitob»ga kiritilgan sterx-oq turnani otib, o‘ljasini sahifasida ko‘z-ko‘z qilgan edi. Ammo u jazosiz qoldi, oqibatda aynan noyob hisoblanadigan jonivorlarni ovlaydigan ovchilar, havaskorlar ko‘paymoqda. Balki ular ovlayotgan o‘lja noyob turning eng so‘ngisidir.

Televideniye orqali xorijdagi o‘rmon yong‘inida kaola hayvonlarining yonib ketayotgani va yong‘in o‘chiruvchilar o‘zlarining hayotlarini xavf ostiga qo‘yib kaolani qutqarishayotganini ko‘rsatishdi. Dunyoning qay yerlarida odamlar hayvonlar va o‘simliklar turlarini saqlab qolish uchun kechayu kunduz ilmiy ish qilishmoqda. Turli yo‘llarini qidirishmoqda. Ammo yurtimizda borgan sari hayvon va parrandalarni ovlashga ishqibozlar ko‘payib ketmoqda. Eng ayanchlisi, bu ishni qilganlar yovuzligini qahramonlik darajasiga ko‘tarib maqtanayotgani, surtaga tushib tarqatayotgani. Axir buni ko‘rib ulg‘ayayotgan bolalar kelajakda mana shunday ishlarni takrorlamaydi, deb kim ayta oladi.

Balki maktablardagi tabiatshunoslik darslarida qizil kitobga bag‘ishlangan soatlarni ko‘paytirish kerakdir. «Qizil kitob» fanini kiritish lozimdir.

Surxondaryoda bug‘u ushlandi

Yaqinda Surxondaryo viloyatining qaysidir qishlog‘idan bir insonning bug‘uni ushlab olgani va tabiat jonkuyarlariga xabar berilgani aytildi.

Bug‘uni uyida bog‘lab turgan hamyurtimizning ishini har holda vahshiylik qilayotganlar oldida qahramonlik deb atasak bo‘ladi. Mana shunday yaxshi insonlarni, o‘rnak bo‘ladigan voqealarni odamlarga ko‘proq ko‘rsatish shart.

Bug‘u ayni paytda hayvonot bog‘iga joylashtirilgan. Uning sog‘lig‘ini tekshirib turish uchun veterinar jalb qilingan. Demak, yana bir noyob jonivor yaxshi odamlar tomonidan qutqarib qolindi. Biz esa ana shunday yaxshi xabarlarning, atrof-muhitning, tabiatning jonkuyarlari ko‘payishini juda-juda istab qolamiz. Tabiatni asliday asrang odamlar.

Qiziqarli malumotlar
Foto: O‘zbekiston qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonlarga tushgan jonivorlar