FOSFIDLAR

FOSFIDLAR

FOSFIDLAR — fosforning metallar, shuningdek, fosforga nisbatan elektr musbat metallmaslar (V, Si, As va b.) bilan boʻlgan birikmalari. Ishqrriy va ishqoriyer metallarning Fosfidlari suvda va suyultirilgan kislotalarda parchalanib fosfin ajratib chiqaradi. Ishqoriyer metallarning va mis guruhchasidagi metallarning Fosfidlar issiqqa chidamsiz; bu xil Fosfidlar tarkibida nisbatan koʻproq fosfor tutganda yarimoʻtkazgich xossaga ega boʻladi. Oraliq metallar, lantanoid va aktinoidlar F. i kimyoviy barkaror, suv va suyultirilgan kislotalarda parchalanmaydi.

Ensiklopediya.uz
FOSFIDLAR