FORTEPIANO
FORTEPIANO (ital. forte — kuchli va piano — kucheiz, sekin) — royal va piavdsholarning umumiy nomi. 18-a. boshida B. Kristofori (Italiya), J. Marius (Fransiya) va K. G. Shryoter (Germaniya) tomonidan ixtiro qilingan. Keyinchalik Fortepiano mexanizmi va shakli I. A. Shteyn, I. A. Shtreyxer (Avstriya), A. Bekers (London), S. Erar (Parij) va b. ustalar tomonidan takomillashtirilgan. Tovush ogayeishlarini bosish orqali kigiz qoplangan yogʻoch bolgʻachalar bilan torlarga urish natijasida xreil qilinadi. Klavesin va klavikorddan dinamikasi oʻzgaruvchanligi (mas, kuchli peggedan astasekin piano darajasiga oʻtish imkoniyatlari) bilan farq qiladi (nomi shundan). Fortepiano uchun ilk asarlarni I. Gaydn, V. A. Motsart, L. Betxoven va b. ijod qilgan. Fortepiano oʻzining keng ijroviytexnik hamda ifodaviy imkoniyatlari tufayli Yevropa koʻp ovozli musiqasida asosiy yakkanavoz va joʻrnavoz soz sifatida keng oʻrin olgan.
Ensiklopediya.uz
FORTEPIANO