Forexda qanday pul ishlash mumkin?
Forexda qanday pul ishlash mumkin? Forex bozorida qanday qilib daromad olinadi? Internetda bu savollarni tez – tez o’qib turamiz. Oldin, mening bundan umuman xabarim bo’lmaganda, internetdan pul topish men uchun aqlga sig’mas edi. Bugun, albatta, men Foreks haqida ko’proq ma’lumotga egaman, ammo, valyuta bozorida o’tkazgan o’sha birinchi kunlarimni hech qachon unutmayman. Men o’sha vaqtning o’zidayoq Foreksda pul topish mumkinligiga qiziqqanman. Bu bo’lishi mumkin, ammo, juda qiyin. Bu maqolada men Foreksda qanday pul topish mumkinligini emas, balki, savdoda nimalarga duch kelganimni so’zlab bermoqchiman. Ishoning, bu hissiyotni har bir treyder his etadi, shuning uchun mening misolimda siz valyuta bozorida savdo qilishni boshlash kerakmi, yo’qmi , xulosa qilasiz. Ushbu maqola orqali quyidagi ma’lumotlarni bilib olasiz: Foreksda kam mablag’ bilan ishlashni hojati yo’q. Men 100 $ ga ega bo’lganda , uni bir necha ming hatto undan ko’piga aylantirish mumkin deb o’ylagan edim. Lekin bunday emas. Mo’jizalar bo’lmaydi. Foreksda rostan ham ishlab pul topish uchun boshlang’ich mablag’ katta bo’lishi kerak. Ishoning, mini hisob hamda 50$ni qisqa muddat ichida bir necha ming dollarga ko’paytirish haqida yozilganlarning barchasi – yolg’on. Agar rostan ham shunaqa bo’ganida edi, bugun diling markazlari parokandalikka uchrab birortasi ham qolmas edi. Ayniqsa, pullarini xalqaro bozorga chiqarmaydiganlari. Shuning uchun, mening birinchi xatoim, kichik mablag’ bilan Foreks bozoriga kirganim edi. Men Forexda qanday pul ishlash mumkin? Bu haqiqatmi, yo’qmi bilmoqchi edim xolos. Sinab ko’rdim ,va pulimni diling markaziga sovg’a qildim. Onlayn pul topishda eng qiyini bu – Foreks. Iqtisod va moliyada mutaxassis bo’lish kerakligi bilan qiyindir. Foreksda iqtisodiyotning nazariy tushunchalariga ega bo’lmasdan turib pul topish mumkin desalar ham, aslida bunaqa emas. Oqimda bo’lish uchun juda ko’p bilimga ega bo’lish kerak. Bundan tashqari, doim ekran qarshisida o’tirib pozitsiyani monitoring qilish kerak. Savdoda pulingiz kam bo’lsa, boshqacha bo’lishi mumkin emas. Foyda qolishini kutish uchun monitor oldida kechasi bilan uxlamay chiqqanim esimda, va nihoyat , narx-navo mening tomonimga o’tganida , men hisobni ochdim, ammo oxiri shu bilan yakun topdiki, bu pozitsiyani yopish uchun tuni bilan kutishimga to’g’ri keldi. Umuman olganda, noturg’un. Foreks asabi bo’shlar uchun emas. Foreks bozorida ishlashni bilganingizda ham, mulkdor bo’lishingiz uchun sizga bir yil kamlik qiladi, va siz bu yillar davomida oqimda o’zingizni tutib turishingiz va o’z hisobingizni yangi pul oqimi bilan to’ldirishingiz aniq emas. Siz 100-200$ni bozorga tashlaganingizda, shunaqa holatlar bo’ladiki, siz hammasini yutqizib, doim asabiylashishingiz mumkin. Ya’ni, bu tavakkal ish. Bundan qochib qutulib bo’lmaydi. Forexda qanday pul ishlash mumkin? Bu tavakkalmi? Ammo tavakkal qilish- men uchun emas. Soch oqarishi- doimiy xavotir natijasidir. Agar siz minglab dollarni yo’qotishga befarq bo’lmasangiz, o’zingizni bundan ham muhimroq ishlarga avaylaganingiz ma’qul. Foreksda pul topish mumkinligiga hamma qiziqadi, ammo bu biznesda g’ildirakdagi olmaxondek yugurish kerakligini tezda tushunishmaydi. Bundan tashqari, narx-navoni yo’nalishini oldindan ko’ra bilish, diling markazi yoki broker qo’ygan to’siqlarni yengib o’tish kerak. Ularning ham bola –chaqasi bor axir. Ishoning, diling markazida ishlovchilarga siz o’z pulingizni berishingiz juda muhim. Ularga foyda kerak. Bu foydani ular biz, mijozlar ortidan oladi. Shuning uchun , bunaqa bosim ostida Foreksda ishlab pul topish mumkinligini bilmadim. Diling markazlari va brokerlar har xil ayyor usullarni qo’llashadi. Ayniqsa , narx-navo tezlikda tushib ketib, siz pozitsiyani yopishingizga to’g’ri kelganida. Broker sizning savollaringizga javob bermaydi va buni o’rniga server savollar bilan band bo’lgan deb javob beradi. Bu hammasi bahona. Agar hohlashganida – butun buyruq bajarilish tizimini tezlikda amalga oshiriladigan qilishardi. Ammo buni ularga qizig’i yo’q, shuning uchun, vaqt ketyapti, hammasi o’zgarmasdan qolaveradi. Foreksda savdo – bu tavakkal. Yetarlicha ahamiyatli. Savdo hisobingizga o’zingizning 500$ ni qo’yib, bu pullarni savdo hisobida moydek erib ketganini ko’rganingizda yoqimsiz holatga tushasiz. Men stabillik tarafdoriman. Foreksda bugun 1000$ yutib olishingiz , ertaga 2000$ yo’qotishingiz mumkin. Ishoning, ko’pchilikda shunaqa bo’ladi. Olingan foydani o’sha zahoti yechib olgan odamni o’zi yo’q. Bugun kimdir yutsa, ertaga yutqizadi, yutqizganda ham ko’proq yutqizadi. Bu haqiqat. Diling markazlaridan birida sotib olgan o’quv paketi bo’yicha o’qidim. To’g’risini aytsam, paket videoateriallar bilan edi, yomon emasdi. Faqat hozir, internet tarmog’idan foydalanish mumkin bo’lganda, bunday pullik o’quv materiallari o’z ahamiyatini yo’qotdi. Foreksda ishlab pul topmoqchi bo’lganlarning hammasi internetdagi har xil saytlardan materiallar topishi mumkin. Ishoning, nashriyotda ham shu haqida yozishyapti. Tekinga olish mumkinligida, nega pul berish kerak? Bu xotiralarim men o’zimni treyder deb hisoblagan vaqtlarimdan. Aytgancha, mening pessimistik qarashlarim savdoimning natijasiga mutlaqo bog’liq emas. Ayrim vaqtlarda yutganman ham. Tabiat qonunimi yoki odam psixologiyasi shunaqami, qiziqish ustida o’zini to’xtatib qolish mumkin emas. Shuning uchun, oz miqdorda pul yutganingizda ham , uni hisobdan yechib olishga kuch topa olmaysiz. Ko’proq yutaman deb, borini yutqizasiz. Oxirida shuni aytmoqchiman, hammasi bunaqa ayanchli emas. Agar siz Foreksda ishlamoqchi bo’lsangiz, minimum 1000$ summadan boshlashga tayyorlaning. Yaxshi broker bilan ish boshlaganingiz ma’qul. MDH da eng katta Foreks bozori bu – Afinance va Forex4You diling markazlaridir. Qolganlarini tavsiya ham qilmayman. Esda tuting, foyda ochko’zlikka bog’liq, qancha ochko’z bo’lsa, shuncha Foreksda yo’qotish ehtimoli katta. Buni unutmang!Forexda qanday pul ishlash mumkin?
DO`STLARGA ULASHING:
Forexda qanday pul ishlash mumkin?
Forexga qancha pul tikish kerak?
Forexda pul ishlash uchun nimalarni bilish kerak?
Forex kimlar uchun?
Forexda pul ishlash bu yolg’onmi?
Forexda doim yutish mumkinmi?
Forexda savdo qilishni o’rgansa bo’ladimi?
Xulosa
Forexda qanday pul ishlash mumkin?