FONOLOGIYA
FONOLOGIYA (fono… va…logiya) — tilshunoslikning til tovush qurilishining strukturaviy (tuzilmaviy) va funksional (vazifaviy) krnuniyatlarini, tilning eng mayda, maʼno bildirmaydigan birliklari — boʻgʻinlar, fonemalarning tuzilishi va amalda qoʻllanishini oʻrganuvchi boʻlimi. Fonologiyaning fonetikadan farqi shundaki, uning diqqat markazida fizik hodisa sifatidagi tovushlarning oʻzini emas, balki ularning nutkda yanada murakkabroq maʼnoli birliklar — morfemalar, soʻzlarning tarkibiy qismi sifatida bajaradigan vazifasini oʻrganish turadi. Shu tufayli Fonologiyani baʼzan funksional fonetika deb ham ataydilar. Ruschex tilshunosi N. S. Trubeskoyning aniqlashicha, Fonologiya bilan fonetika oʻrtasidagi oʻzaro munosabat shundan iboratki, har qanday fonologik tavsifning ibtidosi maʼno farqlovchi tovushiy ziddiyatlarni aniklashdir; fonetik tavsif esa boshlangʻich nuqta va moddiy asos sifatida qabul qilinadi.
Ensiklopediya.uz
FONOLOGIYA