FONETIKA
FONETIKA (yun. phonetikos — tovushga, tovush chiqarishga oid; tovushli, ovozli) — 1) tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil boʻlish usullarini va akustik xususiyatlarini; boʻgʻin, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Shu bilan birga, ayrim tilshunoslar Fonetika doirasiga tovush birliklarining yozuvdagi ifodalari (grafika) va maʼnoli birliklarning yozilish qoidalari (imlo)ni ham qoʻshib, uning oʻrganish obyektini yanada kengaytiradilar (rus olimi L. V. Shcherba). Oʻzbek tilshunosligida Fonetika doirasida, asosan, nutq tovushlari [ularning artikulyatsion, akustik, perseptiv (psixofonetik) va funksional tomonlari| va ohang (boʻgʻin, sintagma, urgʻu va b.) oʻrganiladi.
Ensiklopediya.uz
FONETIKA