FOLKLORSHUNOSLIK
FOLKLORSHUNOSLIK — xalq ijodi haqidagi fan. F. turli davrlarda va turli mamlakatlarda etnografiya, adabiyotshunoslik, musiqashunoslik, antropologiya va sotsiologiyaning bir qismi sifatida qaralib kelgan. Keyinchalik xalq sanʼatini (xalq ogʻzaki ijodi, musiqa folklori, raqsi, teatri, sirki kabi) oʻrganuvchi mustaqil va maxsus fan sifatida rivojlanadi. Filologiya va sanʼatshunoslik fanlari bilan uzviy bogʻliqdir. Folklorshunoslikning asoslari qad. dunyo estetik tafakkuriga borib taqaladi. Kad. dunyo sayyohlari va tarixchilarining afsona va rivoyatlar, turli urfodat va marosimlar haqidagi qaydlari, yozuvchi va bastakorlarning folklor toʻgʻrisidagi dastlabki fikrlari Folklorshunoslik uchun muhimdir. Turkiy xalklarda folklor materiallarini yozib olish boʻyicha dastlabki tajribalar 11 a. dan boshlab koʻzga tashlanadi (Maxmud Koshgʻariynit «Devonu lugʻotit turk» asaridagi folklor materiallari). Shu b-n birga, yozuvchi va shoirlar tomonidan ertaklar, miflar, afsona va rivoyatlarni qayta ishlash jarayoni ham boshlandi. 18-a. va 19-a. boshlarida folklorga nisbatan ilmiy qiziqishning kuchayishi, xalq ogʻzaki ijodi materiallarini toʻplash va nashr etish jadal rivojlanishi bilan bogʻliq holda uni chinakamiga oʻrganish boshlandi. Natijada Yevropa va Rossiya folklorshunosligida turli yoʻnalishlar, maktablar yuzaga keldi. Shunday maktablardan biri mifologik maktab boʻlib, folklor janrlarining yuzaga kelishini qad. miflarga bogʻlaydi. Maʼrifatparvarlar esa, folklorning demokratik va sinkretik xarakterini, undagi umuminsoniy va milliy xususiyatlar birligini oʻrganishga aloqida eʼtibor berdilar.
Ensiklopediya.uz
FOLKLORSHUNOSLIK