FOKSTROT

FOKSTROT

FOKSTROT (ing. fox — tulki va trot — yoʻrtish, tez yurish) — salon raqsi. 20-a. boshida AQSHda jaz raqslari asosida paydo boʻlib, 1-jahon urushidan soʻng ommaviylashgan Yevropa raqsi. Oʻzbekistonda 1930—40-y. lardan kinoteatr, bogʻpark konsert hamda raqs maydonchalari va b. da faoliyat koʻrsatgan harbiy, estrada orkestr va ansambllari repertuaridan kengoʻrin olgan. Fokstrot kuylari 4/4 oʻlchovida, marshsimon, bir oz sinkopalashgan ritmi bilan ajralib turadi («tulki qadamlari»). 2 turi mavjud — shoshmasdan ijro etiladigan «slow» F. va tez surʼatli «quickstep». F. ritm va ohanglaridan kompozitorlar ham keng foydalanishgan (J. Puchchini, F. Pulenk, I. Stravinskiy, D. Miyo, D. Shostakovich, Oʻzbekistonda V. Saparov va b.).

Ensiklopediya.uz
FOKSTROT