FIZIKA-TEXNIKA INSTITUTI

FIZIKA-TEXNIKA INSTITUTI

FIZIKA-TEXNIKA INSTITUTI, Oʻzbekiston FA Starodubsev nomidagi Fizika texnika instituti — fizika va texnikaning ayrim sohalari boʻyicha i. t. ishlari olib boradigan ilmiy muassasa. SSSR FA Oʻzbekiston filialining Fizikatexnika lab. asosida 1943-y. tashkil etilgan. 1967-y. dan uning asoschilaridan biri SV. Starodubsev nomi bilan atalgan. Intdagi yoʻnalishlar va lab. lar asosida 1956-y. da Yadro fizikasi instituti, 1967-y. da Elektronika instituti va 1993-y. da Materialshunoslik in-ti tashkil qilinib, undan ajralib chiqqan. Intdagi 10 ilmiy lab. da 4 yoʻnalish — yuqori energiyalar va kosmik nurlar fizikasi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi, qattiq jismlar fizikasi va quyosh energiyasidan foydalanish muammolari boʻyicha i. t. ishlari olib boriladi. Intda yuqori energiyalar va kosmik nurlar fizikasi sohasida — atmosferadagi elektronyadro jalalari kashf qilindi hamda ularning xususiyatlari oʻrganildi. Protonlarning yadroda kogerent difraksion dissotsiatsiyasi hodisasi jahonda birinchi boʻlib aniqlandi.

Ensiklopediya.uz
FIZIKA-TEXNIKA INSTITUTI