Fizika elektron darslik
Fizika-matematika fakulteti 1935-yil, institut tashkil topgan vaqtda 3ta fakultetning biri sifatida faoliyat boshlagan. 1968-yildan fizika va matematika alohida fakultet sifatida, 1999-yildan esa yana fizika – matematika fakulteti bir butun fakultet bo’lib faoliyat yuritib kelmoqda. Shu yillar davomida fakultetga R.Otajonov, M.Jdanov, S.Tursunov, B.Xabibullayev, S.Xodjayev, Sh.Maqsudov, M.Saydamatov, A.Boydedayev, N.Dadajonov, A.Xikmatov, X.Nazarov, M.Madirimov, M.Jо‘rayev, U.Begimqulov, E.Saydamatov, R.Abdullayev, B.Islomov, R.Turgunboyev, K.Jumaniyozov, D.I.Yunusovalar rahbarlik qilishgan. Hozirgi kunda fakultet dekani fizika-matematika fanlari nomzodi G‘.F.Djabbarov.
Fakultetda pedagogik faoliyat olib borgan akademiklar: P.Q.Xabibullayev, Sh.A.Ayupov, Sh.Farmonov, R.Mо‘minov, yirik olimlardan R.Otajonov (О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi), professorlar: R.Mallin (Mallaboyev), SH.Maqsudov, J.Toshxonova, M.Ziyoxо‘jayev, A.Abduqodirov, N.Dadajonov, I.Ismoilov, R.Yunusmetov, B.Mirzaxmedov, A.Boydedayev, R.Boqiyev, E.Imamov, I.Sattorov, K.Nasriddinovlar bilan bir qatorda bugungi kunda О‘zbekistonning yetakchi olimlari: M.Djorayev, M.Mamadazimov, A.Abduqodirov, U.Yuldashev, M.Madirimov, K.Nasriddinov, O.Do’smatov va boshqalar talabalarga bilim berish bilan birga, ilmiy tadqiqot ishlarini faol olib bormoqda.
Fizika-matematika fakulteti “Matematika о‘qitish metodikasi”, “Informatika о‘qitish metodikasi”, “Fizika va astronomiya о‘qitish metodikasi” ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha bakalavr, «Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Matematika)», «Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Fizika va astronomiya)», «Ta’limda axborot texnologiyalari», mutaxassisliklari bо‘yicha respublikamizning umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun matematika, informatika hamda fizika va astronomiya fanlaridan dars beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab kelmoqda.
2017-2018-о‘quv yilida fakultet professor-о‘qituvchilari 1ta fundamental loyiha bо‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdi:
1) F-2.2.8.“Quyosh aktivligi va tojning yorug‘ nuqtalari”. Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.Sattarova.
Dastlab fakultetning fizika bo‘limida yagona – Umumiy fizika kafedrasi faoliyat ko‘rsatib, unda umumiy fizika, elektro-radiotexnika, nazariy fizika va fizika o‘qitish metodikasidan mashg‘ulotlar olib borilgan. Matematika bo‘limida esa 1939-yilga qadar faqat bitta – Oliy matematika kafedrasi bo‘lib, unda T.N.Qori – Niyoziy, Sh.T.Maqsudov, M.Qodiriy, O.Karimiy va Suleymonovlar ishlaganlar.
1939-yilning kuzida Oliy matematika kafedrasi Matematik analiz hamda Geometriya va elementar matematika kafedralariga ajralgan. Ularda Hozirgi zamon algebrasi asoslari, Sonlar nazariyasi, Geometriya asoslari va geometrik yasash nazariyasi kabi fanlar o‘qitilgan. 1998-yildan boshlab bu ikki fakultet qayta birlashdi va fizika-matematika fakulteti deb nomlandi.
Fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida U.Sh.Begimqulov, E.M.Saydamatov, R.Z.Abdullayev, B.Islamov, Q.Jumaniyozov, R.M.Turgunbayev, D.Yunusovalar mehnat qilgan.
Faxrli talabalarimiz.
Fakultetni bitirgan talabalardan R.K.Otajonov – Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, ko‘zga ko‘ringan olim va maorif faxriysi, M.S.Saydamatov – xalq ta’limi xodimi, xalq maorifi a’lochisi, T.Turdiyev – xalq maorifi a’lochisi, A.G‘.Xikmatov – xalq maorifi a’lochisi, mehnat faxriysi, “Mehnat shuhrati” medallari sohibi, T.Rizayev – xalq ta’limi a’lochisi, M.Madirimov – -O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi unvonlariga sazovor bo‘lishgan.
Fakultet bitiruvchilari orasidan yetishib chiqqan olimlardan, biologiya fanlari doktori professor, hozirda O‘rta Osiyo pediatriya instituti kafedra mudiri P.O.Hakimov, f.-m.f.d. professor M.G.Xaliulin (marhum), p.f.d. professor B.M.Mirzaxmedov, p.f.d. professor M.Jo‘rayev, A.Abduqodirov, N.Sherboyev, T.To‘laganov (marhum), Sh.Ahrorov, M.Mamadazimov, F.Zakirova, f.-m.f.d. D.Musayev (marhum), R.Beshimov, K.Xudayberganov, A.Zaitov, D.Yunusova va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Fizika elektron darslik
Fizika-matematika fanlari nomzodi
Jabbarov Gayratbay Farxadovich 1977-yil 15-mayda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 1994-2000-yillarda TDPU fizika-matematika fakultetida o‘qigan. 2000-2002-yillarda TAQIda katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2002-2005-yillarda O‘zRFA matematika instituti aspiranti. 2006-yilda “Lokal sust separabel fazolar va sust additiv musbat bir jinsli funksionallar funktori” mavzusidagi nomzodlik ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2013-yildan Nizomiy nomidagi TDPU fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
(+998 ) 71 215-54-19
gayrat_77@bk.ru
Average Rating
5
Detailed Rating
- 5 Stars 0
- 4 Stars 0
- 3 Stars 3
- 2 Stars 0
- 1 Stars 0
Raximov Ikromjon Komiljonovich
1981 yil 2 aprelda tug’ilgan.
Ўқув ишлари бўйича декан муовини
+998712559809,
+998977020481
ikromraximov@mail.ru
Tarix
Fizika-matematika fakulteti 1935-yil, institut tashkil topgan vaqtda 3ta fakultetning biri sifatida faoliyat boshlagan. 1968-yildan fizika va matematika alohida fakultet sifatida, 1999-yildan esa yana fizika – matematika fakulteti bir butun fakultet bo’lib faoliyat yuritib kelmoqda. Shu yillar davomida fakultetga R.Otajonov, M.Jdanov, S.Tursunov, B.Xabibullayev, S.Xodjayev, Sh.Maqsudov, M.Saydamatov, A.Boydedayev, N.Dadajonov, A.Xikmatov, X.Nazarov, M.Madirimov, M.Jо‘rayev, U.Begimqulov, E.Saydamatov, R.Abdullayev, B.Islomov, R.Turgunboyev, K.Jumaniyozov, D.I.Yunusovalar rahbarlik qilishgan. Hozirgi kunda fakultet dekani fizika-matematika fanlari nomzodi G‘.F.Djabbarov.
Fakultetda pedagogik faoliyat olib borgan akademiklar: P.Q.Xabibullayev, Sh.A.Ayupov, Sh.Farmonov, R.Mо‘minov, yirik olimlardan R.Otajonov (О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi), professorlar: R.Mallin (Mallaboyev), SH.Maqsudov, J.Toshxonova, M.Ziyoxо‘jayev, A.Abduqodirov, N.Dadajonov, I.Ismoilov, R.Yunusmetov, B.Mirzaxmedov, A.Boydedayev, R.Boqiyev, E.Imamov, I.Sattorov, K.Nasriddinovlar bilan bir qatorda bugungi kunda О‘zbekistonning yetakchi olimlari: M.Djorayev, M.Mamadazimov, A.Abduqodirov, U.Yuldashev, M.Madirimov, K.Nasriddinov, O.Do’smatov va boshqalar talabalarga bilim berish bilan birga, ilmiy tadqiqot ishlarini faol olib bormoqda.
Fizika-matematika fakulteti “Matematika о‘qitish metodikasi”, “Informatika о‘qitish metodikasi”, “Fizika va astronomiya о‘qitish metodikasi” ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha bakalavr, «Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Matematika)», «Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (Fizika va astronomiya)», «Ta’limda axborot texnologiyalari», mutaxassisliklari bо‘yicha respublikamizning umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun matematika, informatika hamda fizika va astronomiya fanlaridan dars beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab kelmoqda.
2017-2018-о‘quv yilida fakultet professor-о‘qituvchilari 1ta fundamental loyiha bо‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdi:
1) F-2.2.8.“Quyosh aktivligi va tojning yorug‘ nuqtalari”. Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.Sattarova.
Dastlab fakultetning fizika bo‘limida yagona – Umumiy fizika kafedrasi faoliyat ko‘rsatib, unda umumiy fizika, elektro-radiotexnika, nazariy fizika va fizika o‘qitish metodikasidan mashg‘ulotlar olib borilgan. Matematika bo‘limida esa 1939-yilga qadar faqat bitta – Oliy matematika kafedrasi bo‘lib, unda T.N.Qori – Niyoziy, Sh.T.Maqsudov, M.Qodiriy, O.Karimiy va Suleymonovlar ishlaganlar.
1939-yilning kuzida Oliy matematika kafedrasi Matematik analiz hamda Geometriya va elementar matematika kafedralariga ajralgan. Ularda Hozirgi zamon algebrasi asoslari, Sonlar nazariyasi, Geometriya asoslari va geometrik yasash nazariyasi kabi fanlar o‘qitilgan. 1998-yildan boshlab bu ikki fakultet qayta birlashdi va fizika-matematika fakulteti deb nomlandi.
Fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida U.Sh.Begimqulov, E.M.Saydamatov, R.Z.Abdullayev, B.Islamov, Q.Jumaniyozov, R.M.Turgunbayev, D.Yunusovalar mehnat qilgan.
Faxrli talabalarimiz.
Fakultetni bitirgan talabalardan R.K.Otajonov – Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, ko‘zga ko‘ringan olim va maorif faxriysi, M.S.Saydamatov – xalq ta’limi xodimi, xalq maorifi a’lochisi, T.Turdiyev – xalq maorifi a’lochisi, A.G‘.Xikmatov – xalq maorifi a’lochisi, mehnat faxriysi, “Mehnat shuhrati” medallari sohibi, T.Rizayev – xalq ta’limi a’lochisi, M.Madirimov – -O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi unvonlariga sazovor bo‘lishgan.
Fakultet bitiruvchilari orasidan yetishib chiqqan olimlardan, biologiya fanlari doktori professor, hozirda O‘rta Osiyo pediatriya instituti kafedra mudiri P.O.Hakimov, f.-m.f.d. professor M.G.Xaliulin (marhum), p.f.d. professor B.M.Mirzaxmedov, p.f.d. professor M.Jo‘rayev, A.Abduqodirov, N.Sherboyev, T.To‘laganov (marhum), Sh.Ahrorov, M.Mamadazimov, F.Zakirova, f.-m.f.d. D.Musayev (marhum), R.Beshimov, K.Xudayberganov, A.Zaitov, D.Yunusova va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Faoliyat
Fizika-matematika fakulteti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy bo`linmasi hisoblanib, uning faoliyati “5110100-matematika o`qitish metodikasi”, “5110700-informatika o`qitish metodikasi”, “5110200-fizika va astronomiya o`qitish metodikasi” bakalavriat ta’lim yo`nalishlari va “5A110101-aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi (matematika)”, “5A110201-aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi (fizika va astronomiya)” hamda “5A110701-ta’limda axborot texnologiyalari“ magistratura mutaxassisliklari bo`yicha namunaviy o`quv me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, takmillashtirish, talabalarni o`qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg`unlashgan holda olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek, kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yo`naltiriladi.
Vazifalar
Fakultet dekani:
– fakultetda o`quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qiladi;
– fakultet tasarrufidagi bakalavriat ta’lim yo`nalishlari magistratura mutaxassisliklari bo`yicha zarur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi;
– oliy ta’lim muassasasi va fakultet Kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
– fakultet boshqaruv kadrlari zahirasini yaratish, tayyorlash va o`qitishni amalga oshiradi;
– kasbiy etikani shakllantirish masalalariga kengroq e’tibor beradi, adolatli, fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlaydi;
– o`quv-tarbiyaviy jarayon hamda talabalarning bitiruv malakaviy ishi va amaliyoti ustidan nazoratni amalga oshiradi;
– o`quv mashg`ulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik qiladi, uning bajarilishini nazorat qiladi, talabalar davomati uchun mas’ul hisoblanadi;
– talabalarning mustaqil ishi, shuningdek, ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etadi;
– talabalarni kursdan kursga o`tkazish, talabalar safidan chetlatish, davlat attestatsiyasiga va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash to`g`risidagi buyruq loyihalarini tayyorlaydi, fakultetda xorijiy talabalar mavjud bo`lgan hollarda, ular bilan ishlashni ta’lim muassasasining xalqaro bo`limi bilan kelishilgan holda amalga oshiradi;
– talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etadi, iqtidorli talabalarni aniqlaydi, ularni tadqiqotlarga jalb etadi, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo`lib bajarishga o`rgatadi, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro`yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratadi;
– iqtidorli talabalarni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomli stipendiyalar, “Iste’dod” jamg`armalari, fanlar bo`yicha o`tkaziladigan olimpiadalar va boshqa tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash bilan bog`liq bo`lgan tadbirlarni tashkil etadi;
– stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi institutlari orqali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni tashkil etadi, professor-o`qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo`yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, alohida o`rnak ko`rsatganlarni turli tanlovlarda ishtirok etishlari uchun tavsiya etadi;
– fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo`yicha,shu jumladan, xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik, o`quv va uslubiy qo`llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ingliz tilini o`rganish va kompyuter savodxonligi bo`yicha mashg`ulotlar tashkil etadi;
– “Yilning eng yaxshi fakulteti” uchun o`tkaziladigan ko`rik-tanlovda fakultet ishtirokini tashkil etadi;
– fakultet Kengashiga rahbarlik qiladi, kafedralararo yig`ilishlar, ilmiy-uslubiy konferentsiyalarni (shu jumladan, xorijiy mutaxassislar ishtirokida) tashkil etadi;
– oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda korxona va muassasalarning fakultet chiqarayotgan malakali mutaxassislarga bo`lgan ehtiyojini o`rganadi, Fizika-matematika fakultetini tamomlaganlar bilan aloqa o`rnatadi, ularning amaliy ishlari sifatini tahlil qiladi;
– pedagog kadrlar, talabalar va ilmiy axborotlar bilan o`zaro almashish maqsadida boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatadi;
– ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirishga javob beradi, budjetdan tashqari mablag`larni topish va ulardan o`quv maqsadlarida foydalanishni amalga oshiradi;
– fakultet ixtisosligi bo`yicha xalq xo`jaligida band bo`lgan oliy ma’lumotli mutaxassislarning malaka oshirishini tashkil etadi;
– ta’lim mazmunini mamalakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari asosida shakllantiradi;
– ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko`rsatadigan asosiy omillardan biri bo`lgan axborot-resurs manbalari bazasini kengaytirish choralarini ko`radi;
– ta’limni rivojlantirish bo`yicha ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantiradi va istiqbol rejalarini tuzadi;
– talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga rahbarlik qiladi, yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish va hamda foydali mehnat bilan shug`ullanishlarini ta’minlashga yo`naltirilgan tadbirlar tashkil etadi, talabalarni har xil norasmiy oqimlarga qo`shilab qolishlarining oldini oladi;
– talabalar orasida o`quv intizomini yaxshilash, ular faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amaliyotga tadbiq qiladi;
– fakultet jamoasi va talabalari orasidagi rasmiy va norasmiy munosabatlarda o`zaro ishonch va hurmat, samimiylik hamda mehr-oqibat tuyg`ularini shakllantiradi;
– o`quv-tarbiya tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qiladi;
– fakultet qoshida ustozlar tajribasini o`rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o`qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo`yicha seminarlar tashkil etadi.
O`quv faoliyati
Asosiy faoliyati talabalarga bilim, ta’lim-tarbiya berish. Ularni zamonaviy bilimlarni egallagan yetuk kadr qilib tayyorlash. Hozirgi kunda fakultetda “5110100-matematika o‘qitish metodikasi”, “5110700-informatika o‘qitish metodikasi”, “5110200-fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, «5A110101-aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (matematika)», «5110200-aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (fizika va astronomiya)», «5110700-ta’limda axborot texnologiyalari» mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.
2018-2019-o’quv yilida umumiy hisobda fakultetda 600 nafardan ortiq talabalar bakalavriatura bosqichida, 20 nafardan ortiq talabalar magistratura bosqichida tahsil olishmoqda.
Fizika-matematika fakultetida OО‘MTV 2018-yil 8-oktabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev huzurida 2018-yil 20-sentabrda о‘tkazilgan majlis bayoni va jismoniy madaniyat va sport sohasini yanada rivojlantirish bо‘yicha istiqboldagi muhim vazifalar ijrosi tо‘g‘risida”gi 843-son buyrug‘ining ijrosini bajarish maqsadida joriy yilning 21-oktabr kuni Fizika-matematika fakulteti talabalari о‘rtasi FUTBOL musobaqasi bо‘lib о‘tdi, Fakultet talabalari о‘rtasida jami 10ta FUTBOL jamoasi shakllantirildi. Talaba yoshlar о‘rtasida futbol musabaqasini о‘tkazish jarayonida bir-birlariga bо‘lgan о‘rtoqlik va dо‘stlik rishtalari kuchaydi. Fakultetning Yoshlar bilan ishlash bо‘yicha dekan muovini va fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi futbol musobaqasi о‘tkazilish jarayonini odiloni о‘tishini nazorat qilib borishdi. futbol musobaqasi yakunida jamoalar orasida eng yaxshi hujumchi, eng yaxshi himoyachi va eng yaxshi darvozabon naminatsiyalar о‘tkazildi, musobaqa yakunida talaba yoshlar fakultet dekanati tomonidan Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Fakultetning kо‘chma KUBOGINI Matematika о‘qitish metodikasi 203-guruh talabalari eng yaxshi futbol jamoasi sifatida qо‘lga kiritdilar
Ilmiy faoliyat
Ustoz-shogird tizimini tashkil etgan holda ularni kelajakda ilmiy faoliyatlariga yo’naltirish. Fakultet miqyosida yuqori malakali pedagog-kadrlarni tayyorlashda, “Umumiy matematika”, “Matematika o‘qitish metodikasi”, “Informatika o‘qitish metodikasi”, “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” kafedralarida 60 dan ortiq malakali professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 4 nafari fan doktori, professor; 20 nafari fan nomzodi, PhD, dotsentlar; shuningdek, 30 dan ziyod katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar hisoblanadi. Fizika-matematika fakultetida talabalarga bilim berishda faoliyat olib borayotgan tajribali professor-o‘qituvchilar: M.Madrimov, A.Abduqodirov, M.Djorayev, K.Nasriddinov, T.Jo‘rayev, D.Davletov, S.Tursunov, O.Radjapova, R.Turgunbayev, M.Barakayev M.Mamarajabov, B.Nurillayev, M.Ashurov va boshqalar oliy ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi va umumiy o‘rta maktablarida o‘qitiladigan fanlar bо‘yicha ko‘pgina darslik va o‘quv qo‘llanmalar mualliflaridir.
Fizika
Козел с.м., слободянин в.п. (ред.) – всероссийские олимпиады по физике 1992-2001 (вербум-м, 2002)
Задачи по физике.трубецкова часть 3
Задачи по физике для поступающих в вузы
- Mualliflar: Бендриков Г.А., Буховцев Б.Б., Керженцев В.В., Мякишев Г.Я.
- Ko`rildi: 98
- Darslik
- Sahifalar soni: 344
- Nashr yili: 2005
- Nashriyot: ФИЗМАТЛИТ,
Оломпиадые задачи гомонова
Задачи по физике
Search
Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar markazi © 2019
Powered by ATM
Qiziqarli malumotlar
Fizika elektron darslik