FIVA

FIVA

FIVA — Beotiyadagi qad. yunon shahri. Rivoyatlarga koʻra, Fivaga afsonaviy Kadm asos solgan, fivaliklar ajdodlari — Kadm tomonidan ajdarho tishlarini sochib yuborilishidan unib chiqqan odamlar boʻlgan. Fivaning qad,ligi egey madaniyati yodgorliklari bilan isbotini topadi. Mil. av. 6-a. ga kelib Fiva qad. qabilaviy va diniy ittifoqdan vujudga kelib, Beotiyaning deyarli barcha shaharlarini birlashtirgan Beotiya ittifoqiga boshchilik qilgan. Fivada hukmron boʻlgan urugʻ zodagonlari Yunonfors urushlari (mil. av. 500—449) davrida forslarni qoʻllabquvvatlagan va mil. av. 431—404-y. lardagi Peloponnes urushi davrida Sparta tomonidan turib Afinaga karshi boʻlgan. Korinf urushi (mil. av. 395—387) davrida Fiva bosh boʻlgan beotiyaliklar afinaliklarni qoʻllabquvvatlashgan. 387-y. Antalkid sulhiga koʻra, Beotiya ittifoqi tarqatib yuborilgan; F. va Beotiyaning boshqa shaharlarida Sparta yordamida oʻta reaksion oligarxik hukumatlar qaror topgan. 379-y. oligarxlarni agʻdarib tashlab, Fiva dagi hokimiyat tepasiga Pelopid va Epaminond boshchilik qilgan demokratlar kelgan. Beotiya ittifoqi qayta tuzilishi bilan Yunonistonning eng yirik siyosiy kuchiga aylangan. 371-y. (Levktra yonida) va 362-y. (Mantineya yonida) Epaminond boshchiligidagi fivaliklar qoʻshini spartaliklarni magʻlubiyatga uchratgan. Birok,, Sparta bilan boʻlgan qonli urush F. va ittifoqning barcha shaharlarini shu qadar holdan toydirganki, 362-y. dan soʻng ular oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. 338-y. F. Makedoniya tomonidan bosib olingan, 335-y. Makedoniyaga karshi qoʻzgʻolon bostirilgach, shahar butkul vayron qilingan. Mil. av. 315-y. F. kisman tiklangan, lekin muhim siyosiy rol oʻynamagan. Qad. Fiva oʻrnida hoz. Gretsiyaning Fiva shaharchasi joylashgan.

Ensiklopediya.uz
FIVA