FITOTSENOLOGIYA

FITOTSENOLOGIYA

FITOTSENOLOGIYA (fitotsenoz va…logiya) — geobotanika va biogeotsenologiya boʻlimi (baʼzan geobotanika sinonimi). Oʻsimlik jamoalari, jamoa hosil qiluvchi oʻsimliklarning oʻzaro va biotsenozlarning boshqa komponentlari bilan aloqasini oʻrganadi. Fitotsenologiya fitotsenozlarning tashkil togtishi, almashinib turishi, yer yuzasida tarqalishi va tasnifi bilan ham shugʻullanadi. Fitotsenologiyaning paydo boʻlishi 19-a. oxirida oʻsimlik qoplamlari toʻgʻrisidagi tushunchalarning rivojlanishi bilan bogʻliq.

Ensiklopediya.uz
FITOTSENOLOGIYA