FIROQIYA

FIROQIYA

FIROQIYA (arab. — judolik, ayriliq) — Sharq mumtoz adabiyotida lirik sheʼr turi. Shoirning ayriliq, hijron kayfiyatlarini ifodalaydi. 2 xil boʻladi: a) yoridan, yaqin kimsasidan ajralish natijasidagi ruhiy azobni, judolikni ifodalovchi asarlar. Bularda lirik qahramonning muayyan muhit yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz yaqinidan judo boʻlganligi alam bilan kuylanadi: Ayrilib men yordin bir necha kun boʻldim judo, Axtarib keldim seni, gʻuncha dahonim, qaydasan? (Mashrab); b) qadimda shoir uz vatanidan judo boʻlganida, undan chiqib ketishga majbur qilinganida, boshqa mamlakatlarda yashab, elyurtini sogʻinib yozgan asarlari: «Adashganman», «Ayrilib qoldim» (Furqat).

Ensiklopediya.uz
FIROQIYA