FIRʼAVN

FIRʼAVN

FIRʼAVN — Qad. Misr podsholarining nomi. 22suloladan boshlab (mil. av. 16-a.) podshoh unvoni. «Firʼavn»soʻzi qad. misrcha «pero»dan olinib, dastlab «Shoh saroyi» («Ulut uy») maʼnosini anglatgan. 18suloladan boshlab, podshohning uzi Firʼavn deb atalgan. Mamlakatdagi barcha ekin yerlari Firʼavnlar mulki hisoblangan. Aholidan toʻplangan soliqlar, odatda, Firʼavn larning shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflangan. Qad. Misr diniy tasavvurlariga koʻra, Firʼavn — quyosh maʼbudi, Gorning oʻgʻli, uning yerdagi inʼikosi va tabiat maʼbudi Osirisning merosxoʻri boʻlgan. Firʼavn hokimiyatining qudratini, ulugʻvorligini koʻrsatish uchun ularga bagʻishlab ehromlar qurilgan (q. Misr, Qadimgi Misr).

Ensiklopediya.uz
FIRʼAVN