FINZEN
FINZEN, Finsen (Finsen) Nils Ryuberg (1860.15.12, Torsxavn, Farer oroli — 1904.24.9, Kopengagen) — daniyalik fizioterapevt. Kopengagen un-tini tugatgan (1890). Kopengagendagi yorugʻlik b-n davolash in-ti tashkilotchisi va direktori (1896—1904). Ilmiy faoliyati ultrabinafsha nurlarining biologik taʼsiri va undan teri silini davolashda foydalanishga oid. Finzen yorugʻlik bilan davolashning ilmiy asoslarini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureata (1903).
Ensiklopediya.uz
FINZEN