FINIKIY YOZUVI

FINIKIY YOZUVI

FINIKIY YOZUVI — mil. av. 2-ming yillik oʻrtalarida Finikiyada paydo boʻlgan hamda finikiyaliklar va karfagenliklar, qad. yahudiylar va moavliklar tomonidan mil. 4-a. gacha foydalanilgan konsonant harftovush yozuvi. Finikiy yozuvi ugarit yoʻzuvi yoki qad. arabiy (tamud, safati, lixyoni) alifbolar bilan birga rasmli qad. xanaan boʻgʻinlikonsonant yozuvidan kelib chiqqan boʻlsa kerak. Finikiy yozuvi dagi grafemalar soni (22 ta) asosiy manba yozuvdagiga (29—30 grafema) nisbatan kamaygan. Unda faqat undoshlargina ifodalangan, unlilar mutlaqo ifodalanmagan — F. yo. sof konsonant yozuv boʻlgan. Harflar muayyan qatʼiy ketmaketlikda joylashgan, yaʼni alifboni tashkil etgan. Har bir harf belgili nomga ega boʻlgan va nomlar ayni harf bildirgan tovush bilan boshlangan. Mas, b — «bet», d — «dalet», g — «gimel» va sh. k.

Ensiklopediya.uz
FINIKIY YOZUVI