FIN TILI
FIN TILI — fin-ugor tillari oilasidagi boltiqboʻyifin guruhiga mansub til. Finlyandiya, Shvetsiya, AQSH, Kanada, Rossiya, Norvegiya va b. bir qancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga qaraganda, Fin tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 5,5 mln. kishidan ortiq (Finlyandiyaning oʻzida 4,8 mln. kishiga yaqin). Finlyandiya Respublikasining rasmiy tili (shved tili bilan birga). Finlyandiya hududida 8 ta asosiy lahja ajratiladi: jan. gʻarbiy (suomi), yem (xyame), ular oraligidagi jan. botnik, oʻrta botnik, shim. botnik, shim., savo, jan. sharqiy.
Ensiklopediya.uz
FIN TILI