FILOYOQ

FILOYOQ

FILOYOQ, elefantiaz — toʻqimalarda limfa dimlanishi oqibatida teri va teri osti yogʻ qavati kalinlashib, ayrim aʼzolar (mas, lab, burun, quloq, oyoq, yorgʻoq va b.) shishib, yoʻgʻonlashib ketishi bilan kechadigan kasallik. Limfa oqishining buzilishi va yoʻllarining toʻsilib qolishiga limfa tomirlaridagi yalligʻlanishlar (saramas, surunkali tromboflebit, oyoq panjasi va boddirdagi yaralar) sabab boʻladi. Tropik mamlakatlarda «Filoyoq» ning sababchisi limfa tomirlarida parazitlik qiladigan ipsimon filyariylar qisoblanib, ular iskabtopar chivini orqali tarqaladi. Moxov kasalligining teri qalinlashishi bilan kechadigan xili qadimda «yunon filoyogʻi» deb yuritilgan; kasallik ham birinchi bor yunon vrachlari tomonidan aniklangan.

Ensiklopediya.uz
FILOYOQ