Filippinda dam olish to’liq malumot oling

Filippinda dam olish to’liq malumot oling

FILIPPIN

Filippin – «Etti ming orol mamlakati»da koʼpni koʼrgan sayyoh oʼz tasavvurida hosil qilishi mumkin boʼlgan barcha sharoit va tabiat moʼʼjizalari mavjud.

Filippin bir vaqtlar ispanlar tomonidan kashf qilingan ekzotik davlatdir. Bu yerda yam-yashil oʼsimliklarga ega tropik bogʼlar, mango butazorlari, tropik jungli, nihoyatda chiroyli va boy suvosti dunyosi, zumraddek musaffo suv, oppoq va mayin qum, palьmalar bilan bezatilgan shinam plyajlarni uchratishingiz mumkin. Hatto bu yerdagi eng jazirama issiq ham mayin dengiz shamoli va tropik oʼsimliklar tufayli yengil kechadi. 7000 dan ortiq orol va orolchalarni oʼz bagʼriga oluvchi Filippin arxipelagi Janubiy Xitoy dengizi va Tinch okeanning iliq suvlari tomonidan yuvib turiladi, shunga qaramay ushbu orollardan faqatgina 2000 tasida odamlar istiqomat qiladi. Filippinda dam olishning shubhasiz afzalliklaridan biri, bu chaquvchi dengiz meduzalari va planktonlarning yoʼqligi hamda mahalliy xalqning ochiqligi va tinchlantiruvchi tabiatdir.

Sayohat
Filippinda dam olish