FILIPPIN TILLARI

FILIPPIN TILLARI

FILIPPIN TILLARI — avstronez tillarinit malaypolinez tarmogʻiga mansub gʻarbiy guruh tillari; anʼanavii tarzda indonez tillari tarkibiga kiritiladi. Filippin tillarining umumiy mikdori 100 dan ortiq boʻlib, ular Filippin arxipelagidagi odam yashaydigan 800 ta orolda tarqalgan (filippinliklarning 90% i mamlakatning 95% maydonini tashkil etuvchi 11 ta yirik orolda yashaydi). Keng tarqalgan 6 ta Filippin tillarida (bisay, tagal, iloki, bikol, pampangan, pangasinan) 60 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi (oʻtgan asrning 90-y. lari). Yuqoridagilardan tagal tili ingliz tili bilan birga Filippin Respublikasining davlat tili hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
FILIPPIN TILLARI