FEYNMAN Richard Fillips

FEYNMAN Richard Fillips

FEYNMAN Richard Fillips (1918.11.5, NyuYork 1988) amerikalik fizik. AQSH milliy FA aʼzosi (1954). Massachusets Texnologiya intini tugatgan (1939). Falsafa fanlari dri. (1942). Prinston un-tida (1942—43), LosAlamos lab. da (194345) ishlagan. Kornell texnologiya un-ti prof. (1950-y. dan). Ilmiy ishlari maydon kvant nazariyasi, kvant elektrodinamika, elementar zarralar fizikasi, statistik fizika, oʻta utkazuvchanlik va gravitatsiya nazariyasiga oid. Maydon kvant nazariyasining rivojlanishida muhim oʻrin tutgan matematik apparatni ishlab chiqqan (1949) (q. Feynman diagrammalari). Oʻta oquvchan geliyning uyurma tabiatini tushuntirib bergan (Feynman uyurmasi deb ataladi). «Fizikadan Feynman maʼruzalari» kursi muallifi. A. Eynshteyn mukofoti (1950), Nobel mukofoti laureati (1965).

Ensiklopediya.uz
FEYNMAN Richard Fillips