Fevral oyida o’tkaziladigan tadbirlar uchun senariylar, ko’rgazmalar
3 qism. “Zulfiya zamondoshlari nigohida” deb nomlanadi.
Zulfiya tong kuychisi adabiy-badiiy kecha ssenariysi
Zulfiya ijodini o`rganishda hamda keng kitobxonlar o`rtasida targ`ib etishda adabiy-badiiy kecha tashkil etish va o`tkazish alohida ahamiyatga ega. Kecha o`tkazilishidan o`n besh,yigirma kun ilgari e’lonlar tayyorlanib, ko`zga ko`rinadigan joylarga ilib quyilishi kerak.Taklifnomalar tayyorlab maktablarga, atrofdagi tashkilot va muassasalarga tarqatilishi lozim. Shuning bilan birga faol kitobxonlarga yozuvchi haqidagi kerakli ma’lumotlar topshiriladi. Kechaga inistitut, kollej yoki maktab-litseylarining adabiyot o`qituvchilari, jamoatchilik vakillari, yozuvchilar uyushmasi a’zolarini taklif etish maqsadga muvofiqdir.
Kecha ssenariysini taxminan quyidagicha tuzish mumkin.
1-boshlovchi; – O`zbekiston xalq shoirasi,taniqli jamoat va davlat arbobi, Zulfiya tavalludiga bu yil 95 yil to`ladi . Shu munosabat bilan Zulfiya hayoti va ijodiga bir hur nazar tashlab, she’rlarini o`qib, ruhini shod etish niyatida ushbu adabiy kechamizga shoiraning hayoti va ijodi haqida so`zlab berish uchun so`zni ………..ga beramiz.
2- boshlovchi-O`zbek she’riyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi Zulfiyani bilmaydigan, uning biror she’rini yod olmagan o`quvchi orangizda topilmasa kerak. Sevimli shoiramiz o`z she’rlari bilan bizlarni nafosatga, ezgulikka oshno etib, oppoq tong sari yetaklab, qalb xarorati bilan isitib kelmoqda.
1-boshlovchi – Hozir Zulfiyaning bolalar uchun yozgan ajoyib she’rlaridan namunalar tinglaysiz: She’rlarni faol kitobxonlar yoddan aytib beradilar. Masalan:
Ona turgan xonaga
Qizi kirdi yugurib,
Go`yo sig`may olamga
Dedi shoshib -ko`pirib.:
Oyijonim, tez yuring,
Ko`rsataman qiziq gul.
Lola qoplabdi butkul
Kabi bolalar uchun algan she’rlarni Zulfiyaning Bulut o`yini. -T.: Cho`lpon, 1995 to`pladan olish mumkin.
2-boshlovchi:- “Ijodiy mehnat va tinchilik taronalari” ruknida ARM mutaxassisi tayyorlagan adabiyotlar sharqini e’tiboringizga havola etamiz. Bu orqali Siz shoira Zulfiya ijodiga yana bir bor nazar tashlaysiz.
(Adabiyotlar sharqini yetakchi mutaxassislar tayyorlab tinglovchilarga havola etadilar.Mungli musiqa yangraydi.”Bahor keldi seni so`roqlab” rukni ochiladi. Bunda shoiraning hayotidagi og`ir kunlar yodga olinadi)
1- boshlovchi: – 1944 yil 3 iyulda Hamid Olimjon vafotidan so`ng Zulfiyaning boshiga og`ir musibat tushdi. Ayrilik alamlari, hijron azoblari tufayli tug`yon urgan shoiraning qalbiga yana she’r xamdard bo`ldi. Vafodor yor va sadohatli do`stning murakkab insoniy tuyg`ulari ” hijron kunlarida”, “Baxtiyor sevgini kuylardi sozim”, ” Ne baloga etding mubtalo”, “Sen haydasan yuragim” kabi she’rlarida hazin ohangda yangragan edi.
Lekin, inson va hijron, hayot va o`lim mavzuida yozilgan bunday abadiyligi va unga muhabbat hoyasi hukmrondir shubxasiz, eng mumtoz, vafo va sadoqat tuyg`ulari samimiy ifodalangan shoiraning she’rlaridir. Bu she’rlarda butun qalbi bilan xalq baxt-saodatini kuylagan Hamid Olimjonning yorqin obrazi yaratilgan. Shoira o`z ijodi va ovozida Hamid Olimjon barhayot ekanini komil ishonch bilan bayon etar ekan,shunday deydi:
Hijroning qalbimda, sozing qo`limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham !
(Kuy ohista to`xtatiladi.) Shu o`rinda Zulfiya haqidagi telefil’m namoyish etilib, boshlovchining ovozi fondan yangraydi:
2-boshlovchi: -Zulfiyaning ovozi uning ona qalbi, ayol nazokati, mu’tabar inson orzusini kuylagan otashin she’rlari faqat O`zbekistondagina emas, butun Osiyo va Afrika mamlakatlarida ham kitobxonlar diqqatini jalb qildi. Zulfiyaning yangroq poetik ovozi jahon kezib yuribdi. Zulfiya jamoat arbobi, xorijiy mamlakat taraqqiyparvar yozuvchilari va davlat arboblarining mehmoni sifatida juda ko`p mamlakatlarda bo`ldi. Bundan tashqari
“O`g`irlamang qalamim bir kun” turkumidagi she’rlari, “quyoshli qalam” dostoni kitobxonlarga manzur va ma’quldir. Chunki dostonda shoira atoqli adib Oybek obrazini badiiy gavdalantirgan.
1-boshlovchi:- Zulfiya urushdan keyingi yillarda tinch ijodiy mexnatda insoning matonati va qahramonligining yuksak namunalarini ko`rsatayotgan zamondoshlari, tinchilik va do`stlik haqida kitobxonlarga manzur bo`lgan ajoyib she’rlar yaratgan. Shoiraning “Dugonalar bilan suhbat”, “Yuragimga yaqin kishilar” kabi she’riy to`plamlaridagi she’rlari urushdan keyingi tarixiy davrning chaqiriqlariga munosib javob bo`ldi. Zulfiya mehnat mavzuida yozgan she’rlarida zamondoshlarining yuragiga yakin, kalbiga tutash bulgan dugonalariing, qahramon xotin-qizlarning muvaffakiyatlaridan cheksiz quvonadi, ularning yangi zafarlarga chorlaydi. “Cho`pon”, “Yangi yil”, hamma safarbar”, “Lobar qizlarga” kabi she’rlari shular jumlasidandir.
Hayot kitobini bexos varraqlab,
Men o`tgan umrimga achinmay qo`ydim.
Tabassum o`rnida kuldim charaqlab,
Suyish kerak bo`lsa, telbacha suydim…
Men o`tgan umrimga achinmay qo`ydim,
Xech kimda ko`rmayin umrimga o`xshash:
Izzat nima bildim.
Shu-da bir yashash.
2- boshlovchi:- Xalqimiz izzatiga sazovor bo`lgan ajoyib shoiraning hotirasi abadiydir. Chunki uning izdoshlari bisyor. Ushbu kechani o`zlari yozgan she’rlari bilan yakunlashni men shoira qizlarimizdan iltimos qilaman.(Shoira qizlarning chiqishlari kechaga yakun yasaydi)
(Kitob ko`rgazmasining tashkil etish uchun tavsiyalar)
Ko`rgazma uch qismdan iborat bo`lishi mumkin.
1 qism. “Betakror shoira” Shoiraning hayoti va faoliyatini yorituvchi sahifa:
a) Shoiraning dastlabki ijod yillari.
B) “Ayol qalbi sadosi”.
V) Zulfiya jurnalist, tarjimon va faol jamoat arbobi.
2 qism. “Zulfiya- uzbek she’riyat bo`stoning betakror guli” deb nomlanadi.Bu sahifaga quyidagi kitoblardan namunalar qo`yish mumkin.
A) “Men tongni kuylayman”(1969), “Ko`lda” (1999), “Yurtimni kuylayman”(1998), “O`g`lim sira bo`lmaydi urush” (1951)
3 qism. “Zulfiya zamondoshlari nigohida” deb nomlanadi.
a) Zulfiya va uning ijodi to`g`risida ulug` insonlarimizning fikrlari.
B) “Zulfiya ijodi yoshlarimiz qalbida“.Viloyat va tumanlardagi Zulfiya izdoshlarining kitoblaridan namunalar qo`yiladi. Gazeta va jurnal maqolalari va suratli al’bom , bukletlar ham kitob ko`rgazmasini bezaydi.
ZULFIYA-IJODINI O`RGANAMIZ.
1. Zulfiya hayoti haqida nimalarni bilasiz?-
– Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda Toshkentda hunarmand-degrez oilasida tug`ilgan. Otasi zahmatkash temirchi bo`lgan, onasi Xadicha opa qo`shiq, ertak va afsonalarni juda ko`p bilgan va bolalarga aytib bergan.
Zulfiya 1928 yilda boshlangich maktabni tugalab, Toshkent xotin-qizlar pedagogika bilim gortiga ukishga kiradi.
2. U adabiy faoliyatini qachon boshlagan?
– 1930 yildan boshlab “Ishchi”, “Turkiston”, “Yangi yul” jurnallarida dastlabki she’rlarini chop etilishi bilan adabiy faoliyati boshlangan.
3. Zulfiyaning jurnalist, tarjimon va faol jaoat arbobi ekanligi haqida nimalarni bilasiz?
– Zulfiya 1941-1950 yillarda O`zbekiston Davlat nashriyotida adabiyot bo`limi mudiri, 1950-1954 yillarda “O`zbekiston xotin-qizlari (Saodat) jurnalining adabiyot va san’at bo`limi mudiri vazifasida ishladi. U mohir tarjimon sifatida o`zbek kitobxonlarini rus va boshha qardosh xalqlar adabiyoti namunalari bilan tanishtirishda ham samarali mehnat qilgan. Masalan: A.S.Pushkin, M.Yu.Lermantov M.Isakovskiy,T.Shevchenko shular jumlasidandir. Zulfiya katta jamoat arbobi sifatida ham mashhur bo`lgan. U Osiyo-afrika xalqlari birdamlik komitetining a’zosi, o`zbek-hind do`stligi O`zbekiston Jamiyatining prezidenti sifatida o`zining butun ijodi va ijtimoiy faoliyati bilan tinchilik va do`slik ishiga katta hissa qo`shgan shoiradir.
4. Shoiraning xijron, umid va g`alaba qo`shiqlari mavzusidagi ijodiga qaysi she’rlar turkumi kiradi?
– Ikkinchi jahon urushi yillari Zulfiyaning ijodi yanada mazmundor bo`lgan. Bu yillarda “Uni Farhod der edilar”, “Xijron kunlarida”, she’riy to`plamlarini hamda rus tilida “Vernost’” to`plami nashr etilgan. Shoira she’rlarida mashuqaning frontda qahramonona jang qilayotgan yigitga yozgan maktublari orhali dushmanga nafrat, g`alabaga ishonch, sevgida vafo va sadoqat tuyg`ularini ifodalagan. Bu mazulardagi she’rlariga “qo`limda qurolu ustimda shinel’”, “Gullar ochilganda”, “Ikki maktub”, “Bizni kut”, “Iigitlarga” va boshqalar kiradi.
5. Zulfiya Hamid Olimjonning qaysi poemasiga opera liberetasini yozgan?
– Zulfiya Hamid Olimjonning “Zaynab va Omon” poemasi asosida yaratilgan opera liberetosining avtoridir.
6. Zulfiya- tinchilik elchisi sifatida qaysi she’rlariga ko`proq ahamiyat bergan?
– Zulfiya “Xulkar”, “Men tongni kuylayman”, “Yuragimga yaqin kishilar” nomli she’rlariga tinchilik elchisi sifatida ahamiyat bergan.
7. Prezidentimiz tomonidan Zulfiya nomidagi Davlat mukofot nechinchi yilda ta’sis etilgan?
– O`zbekiston Respublikasi Prezidenta 1999 yil 10 iyundagi PF-2336 raqamli qarori bilan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Ushbu viktorinani o`tkazish uchun hakamlar haya’ti saylanadi . Ular adabiyot o`qituvchilari, adabiyotshunoslar, yozuvchi shoirlar, jurnalistlar, shuningdek adabiyot bilimdonlari bo`lishi mumkin. G`oliblarni sovg`alar bilan taqdirlash tavsiya etiladi. Sovga tariqasida kitoblar, gullar va esdaliklar topshirish mumkin.
Ushbu senariylar to’pmati to’liq word varianti yuklab oling.
Fevral oyida o’tkaziladigan tadbirlar uchun senariylar, ko’rgazmalar
Fevral oyida o’tkaziladigan tadbirlar uchun senariylar, ko’rgazmalar yuklab oling.
Matematika va informatika fan oyligi uchun tadbir senariy
Matematika tadbir bayonnoma Yuklab oling
Assalom matematika tadbir senariy Yuklab oling
“Matematika va go’zallik” nomli matematik kecha ssenariysi. Yuklab oling
Informatika fanidan tadbir ishlanmasi Yuklab oling
Informatika fan oyligi uchun tadbir Yuklab oling
Informatika fanidan ochiq dars ishlanmasi Yuklab oling
Informatika fanidan ochiq dars ishlanmasi Yuklab oling
Informatika fanidan 8 sinf o’quvchilari uchun ochiq dars ishlanmasi Yuklab oling
Informatika fanidan tadbir ishlanmasi Yuklab oling
MS excel dasturida formula va funksiyalar bilan ishlash yuklab oling
MS excel dasturida matematik formular va funksiyalar bilan ishlash yuklab oling
Alisher Navoiyning hayoti tadbir Yuklab oling
Alisher Navoiyning ijodiga bag’ishlangan tadbir senariylar yuklab oling
Alisher Navoiyga tadbir senariylar Yuklab oling
Alisher Navoiy asarlariga bag’ishlangan tadbir senariylar Yuklab oling
Zahiriddin Mahammad Boburning hayoti va ijodiga bag’ishlangan tadbir senariylar
Tadbir senariylari to’plami
Mazkur tadbir senariylari kutubxonachilar uchun mo’ljallangandir. Lekin uni o’rta ta’lim maktab o’qituvchilari ham bemalol ishlatishlari mumkin. Mazkur uslubiy tavsiyanomada turli xil mavzularda tadbir senariylari bor. Umid qilamanki, mazkur xujjatning sizga foydasi tegadi.
Tadbir senariylarini yuklab olish
Ginnes.Uz
Facebook guruh:
При публикации информации из моего веб сайта на другие сайты обязательно указывать адрес сайта www.sadikov.uz. © Sadikov.Uz
Аудио, видео и документальная информация в моем сайте принадлежат своим владельцам. Они сохраняют свои авторские права. Информация размещена на сайте с целью ознакомления. Пожалуйста, уважайте работу авторов. Если Вы являетесь автором материала или обладателем авторских прав на него и против его использования или Ваше авторство не было указано на сайте, пожалуйста свяжитесь с по адресу uzbeknasim@yahoo.com
Предложения рекламы или обмен баннеров: @sadikov_uz
Для контактов: uzbeknasim@yahoo.com
Telegram: @sadikovuz
Qiziqarli malumotlar
Fevral oyida o’tkaziladigan tadbirlar uchun senariylar, ko’rgazmalar