FERUZ
FERUZ, Muhammad Rahimxon II (1845 Xiva 1910) Xiva xoni (1864—1910); shoir va bastakor. Koʻngʻirotlar sulolasidan. Xiva sh. dagi Arab Muhammadxon madrasasiaa tahsil koʻrgan, davlat, huquq ilmini zamonasining mashhur mudarrisi, shoir va olim Doiy, Yusufxoʻja oxun va b. dan oʻrgangan. Ogahiy F. ga ustozlik qilgan, unga sheʼriyat sirlarini urgatgan, tarix, tarjima ilmidan saboq bergan. Otasi Sayid Muhammadxon vafotidan soʻng (1864) Xiva taxtiga oʻtirgan. Bu voqea munosabati bilan Ogahiy Feruzga bagʻishlab qasidalar bitgan. 1873-y. Xiva xonligiga K. P. fon Kaufman boshchiligidagi Rossiya armiyasi hujum qilib, xonlikning asosiy shaharlari va poytaxtni bosib olgan. Gandimiyon shartnomasi (1873-y. 12 avg.)ga koʻra, Xiva xonligi podsho Rossiyasiga qaram boʻlib qolgan. Feruz ana shunday murakkab sharoitda yarim asrga yaqin muddat davomida Xiva xonligini boshqargan. Feruz saroyga adabiyot va sanʼat arboblarini toʻplagan. Ogaqiy, Komil, Tabibiy va b. taʼsirida oʻzi ham Feruz (baxtli, gʻolib) taxallusi b-n sheʼrlar yozgan.
Ensiklopediya.uz
FERUZ