FERMA

FERMA

FERMA (Fermat) Pyer (1601.17.8, BomondeLoman — 1665.12.1, Kastr) — fransuz matematigi. 1631-y. dan Tuluzada parlament maslahatchisi. Bir necha asar muallifi boʻlib, ularning koʻpchiligi Ferma vafotidan keyin ugli tomonidan «Har xil matematik asarlar» (1679) nomi bilan nashr ettirilgan. Ferma hayotligida uning ishlari maktublari va shaxsiy aloqalari orqali boshqa olimlarga maʼlum boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
FERMA