FERGANSKAYA PRAVDA

FERGANSKAYA PRAVDA

«FERGANSKAYA PRAVDA» («Fargʻona haqiqati») — Fargʻona viloyati hokimligining ijtimoiysiyosiy gazetasi. Rus tilida haftada 5-marta ch i kadi, Dastlab «Znamya svobodы» («Erk bayrogʻi»), «Щit naroda» («Xalq qalqoni»), «Izvestiya» («Axborot»), «Proletarskaya mыsl» («Proletar fikri»), «Krasnaya Fergana» («Kizil Fargʻona»), «Sovetskoye slovo» («Sovet soʻzi»), «Znamya truda» («Mehnat bayrogʻi») nomlarida nashr etilgan. 1938-y. dan hoz. nomda. Gaz. ga turli davrlarda G. Pavlyuchenko, G. Vershinin, F. Doronin, B. Renev, A. Alyabyev va b. muxarrirlik qilishgan. 1993-y. 9-noyabrda «Ferganskaya pravda» tahririyati «Fargʻona haqiqati» gaz. tahririyatiga qoʻshildi. Gaz. viloyatda olib borilayotgan ijtimoiyiqtisodiy islohotlarni keng yoritib boradi. Adadi 3 mingga yaqin (2004).

Ensiklopediya.uz
FERGANSKAYA PRAVDA