FENNOSKANDIYA

FENNOSKANDIYA

FENNOSKANDIYAYevropa shimdagi tabiiy oʻlka. Skandinaviya va Kola ya. o. lari va Fin qoʻltigʻi, Ladoga va Onega koʻllari xamda Oq dengizmi birlashtirib turuvchi shartli chiziqdan shim. gʻarbdagi hududlarni oʻz ichiga oladi. Boltiq, Shim. Norvegiya, Barens va Ok, dengizlar oʻrab turadi. Mayd. 1,5 mln. km2. Hududining katta qismi Boltiq qalqoni va Skandinaviya togʻlarining kaledon burmalaridan iborat. Relyefida peneplenlashgan oʻrtacha balandlikdagi togʻliklar va yassitogʻlar asosiy oʻrinni egallaydi, eng baland joyi 2469 m (Galxyopiggen togi). Boltiq dengizi sohillari keng tekislik. Skandinaviya togʻlarida muzliklar bor. Relyefida morenali qator tepalar va qad. muzlik shakllari saqlanib qolgan, fyord koʻp. Iqlimi moʻtadil, yozi salqin. Skandinaviya togʻlarining gʻarbiy yon bagʻirlarida yillik yogʻin 2000—3000 mm, sharqida 400—500 mm. Daryolari sersuv, serostona. Botqoqlik va koʻl koʻp. Hududining 1/2 qismi oʻrmon, asosan, tayga, jan. da aralash keng bargli oʻrmonlar. Tuprogʻi shim. da podzol, jan. da chimli podzol tuproq. Oʻlkada, asosan, oʻrmon qayvonlari yashaydi. Temir, mis, nikel rudalari, apatit konlari bor. Fennoskandiyada Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya va Rossiya hududining bir qismi joylashgan.

Ensiklopediya.uz
FENNOSKANDIYA