FAZO
FAZO (matematikada) — mantiqiy fikrlanuvchi shakllar yoki biror konstruksiyalar amalga oshiriladigan muhit. Mac, elementar geometriyada tekislik yoki fazo turli shakllar yasaladigan muhit boʻladi. Fazo dagi oʻzaro bogʻlovchi munosabatlar ichki tuzilishi (strukturasi) jihatidan odatdagi fazoviy munosabatlarga oʻxshash. Tarixiy nuqtayi nazardan matematik Fazo real Fazoning taqribiy abstrakt qiyofasini ifodalovchi 3 oʻlchovli Yevklid fazosiamr. Mat., mexanika, fizikaning rivojlanib borishi bilan Yevklid fazosi, Yevklid geometriyasining tushunchalarini sekinasta umumlashtirish va oʻzgartirish natijasida «Fazo» ning hozirgi umumiy tushunchasi vujudga keldi. 19-a. ning 1yarmida yaratilgan Lobachevskiy F. si, l oʻlchovli Yevklid Fazosi tushunchalari Yevklidning 3 oʻlchovli Fazo sidan ancha farq qiladi.
Ensiklopediya.uz
FAZO