FAYZIYEV

FAYZIYEV

FAYZIYEV Ahmad (1910.10.5, Qoʻqon — 1993.8.1, Buxoro) — Oʻzbekiston xalq artisti (1956). Buxoro pedagogika intini tugatgan (1940). 1925—30 y. lar Qorakoʻl tuman bolalar uyida murabbiy va havaskorlik truppasining badiiy raxbari. 1930-y. dan Buxoro viloyat musikali drama va komediya teatri aktyori. Fayziyev asosan, komik va hajviy rollar ustasi sifatida tanilgan: Tabib (Gʻ. Zafariy, «Halima»), Xolmat (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Madazim (K. Yashin, «Tormor»), Sokov (M. Urdibodu, «Besh soʻmlik kelin»), Tersak (K. Yashin, T. Jalilov, «Ravshan va Zulxumor»), Majididdin (Uygʻun, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), Poloniy (U. Shekspir, «Hamlet»), Goʻdalak (S. Xoʻjaniyozov, «Suymaganga suykanma»), Moʻmin (E. Vohidov, «Oltin devor»), Podkolyosin (N. Gogol, «Uylanish») va b. F. oʻtkir xarakterli aktyor boʻlib, uning ijodi anʼanaviy xalq teatri namunalari, qiziqchilik sanʼati zamonaviy komedik rollar bilan uygʻunlashgan holda olib borilishi bilan ajralib turadi.

Ensiklopediya.uz
FAYZIYEV