FAYSALOBOD

FAYSALOBOD

FAYSALOBOD (sobiq Layalpur) — Pokistonning shim. sharqiy qismidagi shahar. Panjob viloyatida, Chinobod va Ravi daryolari oraligʻida. Aholisi 1,97 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari chorrahasi. Paxtachilik rnining yirik savdo-sanoat markazi. Ip gazlama, tikuvchilik, oziq-ovqat (shakarqand, yogʻmoy), kimyo (mineral oʻgʻitlar i. ch.) sanoatlari, mashinasozlik (asosan, toʻqimachilik asbobuskunalari) va metallsozlik korxonalari, issiklik elektr styasi mavjud. Hunarmandchilikda qoʻlda gilam toʻqiladi, badiiy buyumlar (xususan, qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari) tayyorlanadi. Shahar 19-a. oxirida bunyod etilgan.

Ensiklopediya.uz
FAYSALOBOD