FAXRIDDIN ROZIY

FAXRIDDIN ROZIY

FAXRIDDIN ROZIY (toʻliq ism. i Faxriddin Abu Abdulloh Muhammad bin Umar ibn alHusayn) (1149, Ray — 1209, Hirot) — mashhur kalom olimi va diniy falsafa namoyandasi. Ray va Marogʻada tahsil olgan. Shofiiy va ashʼariy olim sifatida faoliyat koʻrsatgan. Xorazm, Buxoro va Samarqandda yashagan. Gʻaznada (1185-y. gacha) va Hindistonning Panjob viloyatlarida faoliyat olib borgan, keyinchalik Hirotda yashagan. Hirotda uning uchun maxsus Madrasa taʼsis etilgan, shayxulislom laqabi bilan mashhur boʻlgan, qizgʻin mudarrislik faoliyatini olib borgan. Shu bilan birga uning koʻplab muxoliflari ham boʻlgan. Ular Faxriddin Roziyni diniy falsafa, eʼtiqod va aqida borasidagi qarashlari uchun islom asoslariga putur yetkazganlik, dinni buzganlikda ayblaganlar. 1209-y. da karromiylar tashviqi b-n zaharlab oʻldirilgan.

Ensiklopediya.uz
FAXRIDDIN ROZIY