FAXRIDDIN ALI SAFIY
FAXRIDDIN ALI SAFIY (taxal lusi Safiy) (1463.11.2, Sabzavor — 1532, Hirot) — tarixchi va faylasuf, voiz, tarjimon. Husayn Voiz Koshifiypchnt oʻgʻli. 1468-y. da oilasi Hirotga koʻchib kelgan. F. A. S. Qarshida XojaAhror bilan ilk marta uchrashib, 4 oy uning xizmatida boʻlgan (1484). Keyinchalik Samarkandga kelib 8 oy uning yonida turgan va kotiblik qilgan (1487). U Xoja Ahrordan eshitganlarini doimo yozib borgan. Xoja Ahror vafotidan soʻng Hirotga qaytib Husayn Boyqaro xizmatiga kirgan va otasi singari uning voizi boʻlgan. Faxriddin Ali Safiy fors tilida 10 ga yaqin asarlar yozib qoldirgan. «Rashahot ayn alhayot» («Obi hayot tomchilari»; qisqacha «Rashahot»), «Latoif uttavoyif» («Latofatnoma» nomi bilan 1996-y. Toshkentda nashr etilgan), «Aniysul orifin fil mavoiz» («Donolarning nutq paytidagi yoʻldoshi»), «Hirz ulamon min fitan izzamon» («Zamonning fitnalaridan saklovchi tumor»), «Kashful asror» («Sirlar kashfi») asarlari va «Maxmud va Ayoz» lirik doston muallifi. U Shaxrbuddin Suxravardiyning «Uyun alhaqoiq va izoh altaroiq» («Haqiqatlar bulogʻi va tariqatlar izohi») asarini arabchadan fors tiliga tarjima qilgan.
Ensiklopediya.uz
FAXRIDDIN ALI SAFIY