fattohxon mamadaliyev haqida fattohxon mamadaliyev biografiyasi

fattohxon mamadaliyev haqida fattohxon mamadaliyev biografiyasi

Mamadaliyev Fattohxon (1923.25.8, Baliqchi tumani — 1999.3.4, Toshkentda dafn etilgan) — xonanda, sozanda (g’ijjak, tanbur, dutor) va bastakor. O’zbekiston xalq hofizi (1990). Аndijon pedagogika institutini tugatgan (1960). Аshula, katta ashula va maqom yo’llarini Umrzoq Polvon Saydali, usta Ro’zimatxon Isaboev, B. Fayziev, Аbdulla Taraz, shuningdek, J. Sultonov va Yu. Rajabiylardan o’rgangan. Аndijon viloyati turli teatrlarda sozanda va xonanda (1944—60), Аndijon pedagogika institutida o’qituvchi (1960—67), Аndijon shahar 2-madaniyat uyi maqomchilar ansamblining tashkilotchisi va badiiy rahbari (1967—83), O’zbek davlat filarmoniyasi xonandasi (1983-yildan), Toshkent konservatoriyasi o’qituvchisi (1984 yildan). professor (1992-yildan). Ovozi tiniq, shirali va dardli, ovoz ko’lami va nafasi keng; ijrosiga kuy bilan she’r uzviyligi, ovoz va cholg’u imkoniyatlarini mohirlik bilan namoyon etilishi xosdir. Repertuaridan Farg’ona — Toshkent maqom yo’llari, Shashmaqom sho’balari, ashula, katta ashula, yalla, o’zbek mumtoz ashula va cholg’u turkumlari, bastakorlar asarlari («Ol xabar», «Ey dilbari jonon», «Buzruk I—III», «Saraxbori Navo», «Ey, sabo» va boshqalar) o’rin olgan. O’zbek mumtoz va zamonaviy shoirlar g’azallari zaminida 50dan ortiq ashula («Oqibat», «Sog’indim», «Dardi dilim», «Do’st bilan, ulfat bilan», «Intizor» va boshqa)lar yaratdi. So’nggi davrdagi turkum asarlari («Munojot 1—4», «Miskin 1—4», «Nasrulloyi I—IV», «Ushshoq» va boshqalar)da o’zbek musiqa merosining muayyan namunalarini nozik jilolar bilan sayqallashtirdi. «Mehnat shuhrati» (1992), «El-yurt hurmati» (1998) ordenlari bilan taqdirlangan. 5 qismli «Savti Fattohxon» ashula turkumini bastalagan. «Qadimgi Ushshoq», «Umrzoq Polvon Ushshog’i», «Zikri Ushshog’i» maqom yo’llarini tiklagan.

Yulduzlar
fattohxon mamadaliyev