Farosatli yigit to’liq malumot oling
Bir kambag’alning uch o’g’li bor ekan. Katta do’g’li ishlab pul topgani otlanibdi. Otasi uni kuzatib shunday debdi:
—
Agar uzoq ovulga borsang, Musa ismli boyga yollanma.
Yigit o’sha ovulga borib qolibdi. Ovulda xuddi o’sha Musa bilan uchrashibdi.
—
Ota, ishga olmaysanmi? — so’radi yigit.
—
Olaman, — debdi Musa.
Otasining gapi esiga tushib so’rabdi:
—
Oting nima?
—
Otim Musa, — javob beribdi chol.
—
Yo’q, sening qoiingda ishlamayman! Otam shunday degan.
Yigit yana yo’lida davom etibdi. Yigit yo’lida ketar ekan, chol jin ko’chalar bilan aylanib, uning oldidan chiqibdi. Yigit uni tanimabdi. Uning oldiga kelib:
— Ota. ishga olmaysanmi? — deb so’rabdi.
—
Olaman, — debdi chol
— Oting nima’.’
—
Musa.
Yigit «Bu ovuldagi hamma chollarning ismi Musa bo’lsa kerak. Tanlab o’tiramanmi, shuning qo’iida ishlash kerak», deb o’ylabdi.
— Qanaqa haq berasan?
—
Har kuni bir burda non bilan bir piyola choy beraman. Agar shunga rozi bo’lmasang, yuz qamchi uraman-da, pul bermayman. Agar ishingdan ko’nglim to’lmasa, menga yuz qamchi urasan-da. pulingni olasan. — debdi Musa.
Yigit Musaning shartiga ko’nibdi va uning xizmatini qila boshlabdi. U kun bo’yi ishlab qorni ochibdi. Uyga qaytganda bir burda non bilan bir piyola choy berishibdi. Yigit juda ozib ketibdi. Bir kuni u ishdan charchab kelib, bir burda non bilan bir pivola choy ichibdi. keyin piyolani taqillatib stolga qo’yibdi.
— Ovqatga ko’ngling to’lmadimi? — deb so’rabdi Musa shu zahoti.
— Qanaqasiga ko’nglim to’ladi. Ertadan-kechgacha ishdan boshingni ko’tarmasang. ovqatga qorning to’ymasa! — debdi jahl bilan yigit.
Musa vigitning ko’ylagini ko’tarib, yuz qamchi uribdi-da, bir tiyin to’lamay haydab yuboribdi.
Kambag’alning ikkinchi o’g’li ham shu ahvolga tushibdi. Oxiri uning kichkina o’g’li yo’lga otlanibdi. U shu ovulga borib, o’sha qariyani uchratibdi.
— Ota, ishchi kerak emasmi? — so’rabdi u.
—
Kerak, — debdi chol.
— Oting nima? — so’rabdi yana yigit.
—
Musa, — debdi chol.
—
Menga xuddi sen keraksan, seni qidirib yurgan edim, — debdi yigit.
Yigit Musaga ishga yollanib, akalari kabi shartga ko’nibdi.
Bir kun o’tibdi, ikki, uch kun o’tibdi. Yigit ishni bajarar, uyga kelib bir burda non bilan bir piyola choy icharmish. buning ustiga yana iljayarmish.
— Shu ovqatga qanoat qilyapsanmi? — deb so’rabdi Musa undan.
—
Ha, ota, qanoat qilyapman, — debdi yigit.
—
Yaxshi, — debdi chol, — sen yaxshi ishchi chiqib qolding, ertaga qo’shnimning xizmatkorlari bilan qo’ylarni boqasan!
Ertalab yigit o’rtoqlari bilan qo’y boqqani ketibdi. Kunduzi semiz qo’yni so’yib katta qozonda go’sht pishiribdi-da, yeb olibdi, o’rtoqlarining ham qornini to’yg’azibdi.
Kechqurun yigit qo’ylarni haydab kelibdi. dasturxonga o’tirib bir burda non yebdi. bir piyola chov ichibdi. Endi turmoqchi bo’lganda Musa uni to’xtatib so’rabdi:
— Ovqatga ko’ngling toimagandir?
—
Yo’q, ota, ko’nglim toidi. O’zi qornim ham to’q. Kunduzi bitta qo’yingni so’yib, o’rtoqlarim bilan yeb olganmiz. Balki sen, mening ishimdan norozidirsan?
—
Yo’q, yo’q, — debdi Musa boy. O’zi boisa xotiniga: — Qo’ylarni endi unga bermaslik kerak, hammasini so’yib tashlaydi, — debdi.
Musa yigitni yilqi boqqani yuboribdi.
Ertalab yigit o’rtoqlari bilan yilqilarni yaylovga haydabdi. Kunduzi eng semiz otni tanlab so’yibdi, bir qozon qilib pishirib, o’rtoqlari bilan yeb olibdi. Otning terisini chorbozorchiga sotib, puliga undan choy, qand olib ichishibdi.
Kechqurun uyga qaytishibdi, stolning bir chekkasiga o’tirib choy ichibdi, o’zini zo’rlab nonni yebdi. O’rnidan turmoqchi bo’lganida Musa to’xtatib so’rabdi:
— Ovqatga ko’ngling to’lmadimi?
— Yo’q, ota, ko’nglim toidi, — debdi yigit, — kunduzi bitta otingni so’yib, go’shtiga juda to’yganmiz. Balki sen mendan xafadirsan?
— Yo’q, yo’q, — debdi Musa g’ijinib, alamdan dod deb yuborgudek boiib, — ertadan boshlab sen uyda ishlaysan.
Bir necha kundan keyin Musa boyning uyiga meh- monlar kelishibdi. Musa hovliga chiqib yigitga:
— Mehmonlarga bitta qo’y so’y, — debdi.
—
Qaysinisini so’yay? — so’rabdi yigit.
— Qo’yxonaga kirib chapak chal, qaysi qo’y senga qarasa, shuni so’y, — debdi boy.
Yigit qo’yxonaga kirib chapak chalibdi. Qo’ylar hurkib qochibdi va burchakdan hammasi unga qarabdi. Yigit qo’ylarning hammasini birin-ketin so’ya boshlabdi. Keyin bittasining terisini shilib, go’shtini pishirib kelibdi.
— Nega uzoq qolib ketding? — deb so’rabdi Musa undan.
—
Ish ko’payib ketdi, ota, — debdi yigit. — Qo’yxonadagi qo’ylarning hammasi menga qaradi. Hammasini so’yishga to’g’ri keldi, arang ulgurdim. Balki mendan xafadirsan?
— Yo’q, yo’q! — debdi Musa boy, arang yig’isini to’xtatib. Boy xotinining oldiga kelib:
— Bu bola bizni xonavayron qiladi! Nima qilganini bilasanmi? Qo’ylarning hammasini so’yibdi. Vaqt borida undan qutulish kerak, o’rmondagi koiga ot boqqani yuboramiz. O’sha joyda uni hayvonlar yeb ketadi, — debdi.
—
Shunday qil! — debdi xotini.
Yigit o’rmonga kelib, koini qidirib topibdi. Qirg’oqda arg’uvon daraxti juda ko’p ekan. U yosh daraxtlarning po’stlog’ini shilib arqon eshibdi. Shunda qayerdandir dev paydo boiib so’rabdi:
— Nima qilyapsan?
—
Hech narsa, — debdi yigit xotirjam, — arqon eshib, koini osmonga osib qo’ymoqchiman.
Dev indamasdan koiga sho’ng’ib, ot olib chiqibdi-da:
—
Mana bu otni ko’tarib, koini aylanib chiq, keyin sening so’zingga ishonamiz, — debdi.
— Avval o’zing qilib ko’rsat, — debdi yigit.
Dev otni yelkasiga ortmoqlab, ko’lni aylanib chiqibdi. Terlab-pishib yigitning oldiga kelib, otni yerga qo’yibdi.
— Endi sening galing!
Yigit o’zi eshgan arqondan no’xta qilibdi. Uni otning boshiga solib, ustiga minibdi-da. Ko’l atrofmi aylanib, ot choptirib ketibdi. Devning oldiga kelib:
—
Ko’rdingmi, otni qanday olib yurganimni. — debdi
Dev yana ko’lga sho’ng’ib. Og’asiga:
—Og’a, qo’rqib ketvapman: ko’l bo’yida bir yigii o’tiribdi. Ko’lni osib qo’ymoqchi, — debdi.
Katta dev ko’ldan chiqib vigitdan:
— Nima qilmoqchisan? — deb so’rabdi.
— Ko’lni osmonga osib qo’yganimdan keyin bilasan. — debdi yigit.
Katta dev ko’l tagiga tushib. u yerdan vigirma pudli cho’yan cho’qmor olib chiqibdi-da, vigitga:
— Qani. mana bu cho’qmorni osmonga otib. tushib kelavotganida ilib olib joyiga qo’y-chi. shunda sening kuchli ekaningga ishonaman, — debdi.
—
Avval o’zing qilib ko’rsat, — debdi yigit. Dev indamasdan cho’qmorni bulutlarostiga otibdi. tushib kelayotganda ilib olib, sekin joyiga qo’yibdi. Yigit cho’qmor oldiga kelib dastasidan ikki qo’llab ushlabdi. Boshini ko’tarib o’rmon ustidan uchib kelayotgan bulutga tikilibdi.
— Nimaga qarayapsan? — so’rabdi dev. Poylayapman. Men cho’qmorni bulutga otaman, u qaytib tushmaydi. — debdi vigit.
Dev cho’qmorsiz qolaman, deb qo’rqib ketibdi Yigitga yalinibdi:
—
Kerak emas, kerak emas, otma!
—
Aytdimmi, otaman, Sen bilan pachakilashib o’tirishni yoqtirmayman, — debdi yigit qaysarlik qilib.
—
Agar so’zimga kirsang, aytganlaringni qilaman,— debdi dev.
Yigit o’ylab turib javob beribdi:
—Meni yelkangga o’tqizib, ukang bilan xo’jayinim Musaning uyiga olib borib qo’ysang, cho’qmorni otmayman.
Dev rozi bo’libdi, koidan ukasini chaqirib, yigitni yelkasiga o’tqizibdi-da, ovulga qarab yoi olibdi.
O’rmon chekkasida yigit ag’darilgan daraxtni ko’ribdi.
—
To’xta, — debdi u. — Mana, onamning urchug’i yotibdi. U o’rmonga meva tergani kelganda yo’qotib qo’ygan edi. Uni ko’tarib ol!
«Agar onasining urchug’i shunaqa katta bolsa, o’zi qanaqa ekan?» deb o’ylabdi dev emanni ko’tarib.
Daryo qirg’og’ida yigit tegirmon toshini ko’rib qolibdi.
— Mana urchuqning boshi! — debdi u.
Tegirmon toshini devning ukasi ko’taribdi. Ular shu ahvolda qishloqqa kelishibdi.
Bu paytda Musa darvozasi oldida o’tirib oftobda isinayotgan ekan. Birdaniga ikkita devni ko’rib qolibdi. Musaning esi chiqib ketibdi. Yigit hech narsa bo’lmagandek, devlarni hovliga olib kirib, eman bilan toshni qayerga qo’yishni ko’rsatibdi-da, Musaga:
— Ota, ikkita ot olib keldim. Otxonaga qo’yaymi?— debdi.
—
Darrov ularni bo’shatib yubor. Menga ko’rsatma! — debdi qo’rqib ketgan Musa.
Shu voqeadan keyin Musa yigitni yaxshi boqibdi, hech narsani so’ramabdi. Bir kuni u yigitga:
— Sen bugun hujrada yot, — debdi.
Yigit hujraga kiribdi. Musa bilan xotini bir qozon suv qaynatib, tomdan uning ustiga quyishibdi. Uni shu yoi bilan oidirmoqchi boiishibdi.
Lekin yigit uxlamabdi. Shiftdan suv tushishi bilan o’midan turib burchakka tiqilib turibdi. Musa ishidan mamnun boiib xotiniga:
— Bu gal xizmatkorimiz qutulmaydi! Ertaga uni ko’mib kelamiz, — debdi.
Ertalab Musa hujraning eshigi oldiga kelib kulib so’rabdi:
—
Xo’sh, yigit, yaxshi uxladingmi? Seni hech kim bezovta qilmadimi?
Shu payt ichkaridan ovoz chiqibdi:
— Juda yaxshi uxladim, ota. Lekin kechasi issiq yomg’ir yog’di, juda mazza qildim.
Musa xotinining oldiga kelib:
—
Xizmatkor tirik! Qaynoq suv issiq yomg’ir bo’iib tuyulibdi. U oimaydiganga o’xshaydi. O’zi bizlarni oidiradi! — debdi.
Ular qattiq qayo’urishib, o’z uylaridan qochib ketmoqchi bo’lishibdi. Boyning xotini yoiga non yopibdi. Musa ularni qopga solib, aravaning orqasiga bogiabdi.
Yigit sezib qolib, payt poylab turibdi-da, qopdagi nonni bo’shatib, o’zi ichiga tushib olibdi.
Kechqurun Musa aravani qo’shibdi, xotinini aravaga o’tqizib uydan chiqib ketishibdi.
Ular otni choptirib ketishibdi, nihoyat daryo qirg’og’iga yetib kelishibdi.
— Xizmatkorimizdan qutuldik! — debdi Musa. — Bu yerda bizlarni topa olmaydi.
Musa otni aravadan chiqarib xotini bilan daryo qirg’og’ida yotishibdi.
Yigit qopdan chiqibdi, otni tutib, aravaga qo’sha boshlabdi. Musa uyg’onib qarasa, yigit aravani qo’shayotganmish.
— Ota, sening otingni olib ketsam xafa bo’lmaysanmi? — so’rabdi yigit.
— Hamma mollarimni nobud qilding, endi otimni olib ketyapsan! Qanaqasiga jahlim chiqmaydi? — baqiribdi Musa o’rnidan sakrab turib.
—
Ie, sen mendan xafamisan? — debdi yigit. — Boimasa, shartimizni amalga oshiramiz! Shartimiz esingdami? — debdi yigit.
U Musaning oyoq-qoiini bogiabdi. Ko’ylagini ko’tarib, orqasiga qamchi bilan tushira boshlabdi. Har urganida:
—
Bu katta akam uchun, bu kichik akam uchun, bu men uchun, — deb turibdi.
Ertaklar
Farosatli yigit