FARNAK II
FARNAK II (? — mil. av. 47) — Bospor podshosi (mil. av. 63 y. dan). Shoh Mitridat VI Yevpatorning oʻgʻli. Rim bilan urush chogʻida Farnak II . otasiga xiyonat qilib, Rim sarkardasi Pompei bilan ittifoq tuzgan va Bospor davlatining katta qismida (Fanagoriyadan tashqari) oʻz hokimiyatini oʻrnatgan. 49—48 y. larda Pompei bilan Yuliy Sezar (Misrda edi) oʻrtasidagi nizodan foydalanib Fanagoriyani bosib olgan va Kichik Osiyoni egallash maqsadida yurish qilgan. U Vifiniya va Amisosni egallagan, lekin 47 y. 2 avg. da Kichik Osiyoning Zela sh. yaqinidagi jangda Sezar tomonidan tormor keltirilgan. Sezar Senatga «Vene, vidi, vici» («keldim, koʻrdim, gʻalaba qozondim») deb noma joʻnatgan. Rimliklar Farnak IIni ozod qilib kichik otryad bilan Bosporga joʻnatganlar, bu yerda hokimiyatni Farnak IIning noibi Asandr egallab olgan edi. F. II Asandr bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
FARNAK II