FARIDIDDIN ATTOR

FARIDIDDIN ATTOR

FARIDIDDIN ATTOR (taxallusi; asl ism sharifi Muhammad Abu Bakr ibn Ibrohim; taxm. 1148/51 — Nishopur — 1219/21) — mutasavvif shoir. Asarlarida tasavvufni targʻib qilgan. Mansur Halloj, Boyazid Bistomiy taʼlimotidagi gʻoyalarni davom ettirgan. Farididdin Attor falsafasining asosini tavhid (Allohning yagonaligini tan olish) ilmi tashkil etadi. Unga koʻra, tavhid faqat Allohning yagonaligini tan olish emas, balki u bilan qoʻshilishga intilish, yaʼni insonning mutlaq Ruh tomon intilishini anglatadigan jarayondir. Farididdin Attorning «Bulbulnoma», «Mantiq uttayr», «Ushturnoma» asarlari ramziyallegorik timsollar asosida yozilgan. «Javhar uzzot», «Xayloj», «Asrornoma», «Sharh ulqalb», «Musibatnoma» kabi dostonlari bevosita muhokamamushohada, fikriyshuuriy bayonlar tarzida bitilgan. Bundan tashqari, «Xusravnoma»ga oʻxshab majoziy ishqni kuylagan romantiksarguzasht asari ham bor. F. A. ning 2 qismdan iborat «Javhar uzzot» asarida butun ruhiy va moddiy olamlar yagonaligi taʼriflangan. Ilox. har bir zarrada mavjud, ammo uni oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin emas. Alloh oʻz borligʻida ham pinhonu ham paydo, barcha ashyolar yolgʻiz javhardan kelib chiqqan. «Asrornoma»da bu fikr yanada aniqroq ifodalangan. Farididdin Attor asarlarida xalq ogʻzaki ijodidan unumli foydalangan. «Mantiq uttayr» (1175, bu asar «Maqomoti tuyur» deb ham nomlangan) asari mashhur. Alisher Navoiy bolalik chogʻida bu dostonni yod olib, uning taʼsirida «Lison uttayr» («Qush tili») dostonini yozgan. Ushbu asar tasavvufning eng yirik adabiy yodgorligi hisoblanadi. Bundan tashqari, Farididdin Attor «Pandnoma», «Besarnoma», «Devon», «Vuslatnoma,» «Tazkirat ulavliyo» kabi asarlar muallifi. Farididdin Attorning «Ilohiynoma» asari ham masnaviy yoʻlida bitilgan ishqiymaʼrifiy, falsafiyaxloqiy dostondir. Masnaviyda 282 ta rivoyat, hikoyat va qissalar bayon etilgan. F. A. Haq va qaqiqat tushunchalarini hamma vaqt inson mohiyatiga bogʻlab tushuntirgan. Zero, tavhid mohiyati ham, haqiqat ham oxir oqibat inson mohiyati va haqiqati bilan izoxlangan. Farididdin Attorning 96 bobdan iborat «Tazkirat ulavliyo» asari nasrda bitilgan yagona va mashhur asar boʻlib, unda tasavvuf shayxlari, avliyoulloxlarning hayoti, kashfu karomatlari bayon etilgan. Asarning Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik intida 10 dan ziyod qoʻlyozma nusxalari, Bombay va Lohurda 1877, 1887, 1895, 1900, 1903-y. larda nashr qilingan bosma nusxalari hamda Xojashoh ibn Sayyid Axmad Xorazmiy oʻzbek tiliga tarjima qilgan 4 qoʻlyozma nusxasi mavjud. Ushbu asarning Mirzo Kenjabek tomonidan oʻzbekchaga qilingan tarjimasi «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyotida chop etilgan (1997).

Ensiklopediya.uz
Farididdin Attor