“Farhod va Shirin” dostoni to’liq malumot oling
“Farhod va Shirin” dostoni.
Nizomiyda tasvirlanishicha, Xusrav Eron shohi Xurmuzdning tilab olgan o’g’li bo’lgan. Shopur uning yaqin do’stlaridan, u yurtlarni kezarkan, Shirinning daragini topib keladi. Yo’lini qilib, unga Xusrav haqida xabar beradi. Ular uzoq vaqt bir – birlari bilan ko’risholmay, g’oyibona muhabbat qo’yib yuradilar. Buning ustiga, Xusrav taxt tashvishlari bilan bo’lib, Shirinni unutib yuboradi. Shiringa qasr qurish va ariq qazib berish jarayonida Farhod (u Firdavsiyda yuk) asarga kirib keladi. U Shirinni yaxshi ko’rib qoladi. Qisqa muddatda qurilishni bitiradi. Shirin Farhod ustidan dur – gavharlar sochishni buyuradi. Farhod ularga parvo qilmay, Shirin xayoli bilan sahroga ketadi. Bu gaplar Xusrav qulog’iga ham yetib boradi. Xusrav va Farhod o’rtasida savol – javob bo’ladi. Farhod o’z muhabbatidan voz kechmaydi. Xusrav hiyla bilan albab, Farhodni halok etadi. Farhodning o’limi Shiringa qattiq ta’sir etadi. Nihoyat, uzoq mojarolardan so’ng Xusrav va Shirin bir – birlariga yetishadilar. Biroq o’rtada Xusravning rumlik Maryam degan xOtinidan bo’lgan o’gli Sheruya Shirinni ko’rib, sevib qoladi. Otasini o’ldiradi va Shiringa uylanmoqchi bo’ladi. Shirin esa Xusrav qabriga kirib, xanjar bilan o’zini halok etadi.
Shoirning badiiy ijod haqida o’z nuqtayi nazari bor. Bir doston ikkinchisini takrorlamasligi kerak. O’zga ijodkor yozib ketganini takrorlash shoirlikka, munosib emas. O’sha zot chamanni aylandi-yu gullardan terib keldi. Yana o’sha joyga borib, gul izlamoq ma’qul bo’lmagan ishdir. Axir, bu bo’ston sahnida gul ham, chaman ham adadsiz-ku. Shu sababli Navoiyning oldingi xamsanavislarga ma’lum e’tirozlari bor. Bulardan muhimi, Navoiy ular dostonlarining qahramoni Xusravni Shirin muhabbatiga loyiq, deb topmaydi. U komil inson bo’lmay, Shiringa munosib ham emas, chunki ishqda beqaror, qolaversa, unda taxt ishqi ham bor. Shu sababli Navoiy o’z dostoniga Farhodni markaziy qahramon qilib oladi. Bu Navoiy xamsachilikka kiritgan eng katta yangilik edi.
Asar voqealari Chin xoqonining farzandsizligidan va uning so’ngsiz iltijolari qabul bo’lib, tangri unga bir o’g’il hadya etgani bilan boshlandi. Navoiy uning o’sishi, tarbiyasi, ota – bolaning muomila-munosabatiga alohida e’tiborini qaratadi, unga ism beradilar. Ism ham shunchaki, tasodifiy emas. Chuqur ma’noli, mazmunli. Xoqonning ham quvochini, ham iztirobini anglatadi. O’g’il o’sa boshlaydi. Boshqalarga o’xshamagan holda ulg’ayadi. Chunki u tug’ma ishq kishisi edi. O’n yoshda barcha ilmlarni egallab bitirdi, 20 yoshli igitning jussasi va kuchiga ega bo’ladi. Yigit yoshiga yetganda esa, Farhodni g’am – alam bag’riga oladi. Atrofdagilar hayron va xoqon tashvishda. Ko’ngilochar tadbirlar yordam bermaydi. Maslahat bilan yilning to’rt fasliga moslab to’rt qasr quradigan bo’ladilar. Shu asnoda Farhod Qorandan tosh yo’nish, Boniydan me’morchilik, Moniydan naqqoshlik sirlarini o’rganadi. Navoiy Nizomiy va Dehlaviylar dostonlarida lazha (epizod) sifatida berilgan Farhodning toshyo’narlik san’atini egallash tarixini shu tariqa asoslab ketadi.
Qasrlar bitadi. Har fasliga mos shohona bazmlar boshlanadi, biroq Farhodda o’zgarish bo’lmaydi. Ota so’nggi chorani ishga soladi. Taxtni bersa – chi? Balki saltanat ishlari uni g’am alamdan chalg’itib, diqqatini yozar. Xullas shoh taxtni o’z o’g’liga in’om etmoqchi. Lekin donishmandlar davrasida har bir ishning o’z yo’rig’i bor. Har bir ish, xatti – harakat har tomonlama asoslanmog’i, temir mantiqqa suyanmogi kerak. Nega shoh o’zi tirik bo’la turib, taxtni o’g’liga bermoqchi? Nega o’gil temutiy shahzodalar singari taxtga jon – jahdi bilan yopishmasdan, uni rad etyapti? Navoiyga masalaning mana shu tarbiyaviy tomoni kerak. Buyuk shoir shoh bilan shaxzoda munosabatlari ota-o’g’ilning bir – birlari oldilaridagi burchlari asosiga qurilmog’i kerak, deb hisoblaydi va Hoqon bilan Farhod munosabatlari zamondoshlariga ibrat namunasi qilib ko’rsatmoqchi bo’ladi. Nimaiki tilagan bo’lsam, Olloh hammasini berdi, qaysi mamlakatga yuzlansam, taxti farmonimga oldim. Boyliklarimning esa haddi – hisobi yo’q. Ko’nglimda birgina armon kelar edi: farzandsizlik. Mendan keyin mulkimga valiaxd yukligi. OOllohga hamdlar bo’lsinki, seng tug’ilding. O’ylaganlarimdan ham ming chandon komil bo’lib yetishding, deydi shoh o’g’liga va gapni sekin maqsadga boradi. Ellikdan oshib, oltmishga yaqinlashayotganini, kuch – quvvati asta – sekin ketayotganini aytadi.
Dars rejasi:
Xamsachilik tarixidan.
A.Navoiy –ilk turkiy “Xamsa” muallifi
“Farhod va Shirin” dostoni qahramonlariga tavsif bering.
Tayanch so’z va iboralar: Xamsanavis shoirlar, o’zbek adabiyotida turkiy “Xamsa” ning yaratilishi, Farhod obrazi, Shirin, Mehnbonu, dostonda mehnatsevarlik, do’stga sadoqat kabi insoniy fazilatlarning ulug’lanishi.
Alisher Navoiyning mukammal inson haqidagi orzu-o’ylari “Xamsa” ning ikkinchi dostonida Farhod timsolida o’z ifodasini topdi.
Bu mavzu aslida eski bo’lib, muayyan tarixiy shaxslarga borib taqaladi. U ilgari ko’proq Xusrav va Shirin shaklida mashhur edi. 590-yilda taxtga chiqib, 628-yilda o’ldirilgan Eron shohi Xusrav Parvezning go’zal Shiringa bo’lgan muhabbati ko’pgina tarixiy asarlarda qayd etilgan. Tarixchi Tabariy (923-yili vafot etgan)uni “Xusravning eng suyukli xotini bo’lgan” deb xabar beradi. Bal’amiy (996-yili vafot etgan) fikricha, undan go’zal ayol bo’lmagan. Nima bo’lganda ham, o’z sevgisini o’limi bilan isbot etgan bu go’zal malika haqida ko’plab rivoyat va afsonalar to’qilgan. Hatto, arab sayyohi Yoqut (1179-1229) Shirin muhabbati haqida Behustun tog’ida Doro yozdirgan yozuvlarni o’z ko’zi bilan ko’rganini ma’lum qiladi. U haqda birinchi marotaba yozma adabiyotda Firdavsiy doston yozib, “Shohnoma”siga kiritgan. Nizomiy esa uni alohida ishqiy sarguzasht doston holiga keltirdi. U XIV asrda Qutb tomonidan turkiyga tarjima ham qilindi.
Nizomiyda tasvirlanishicha, Xusrav Eron shohi Xurmuzdning tilab olgan o’g’li bo’lgan. Shopur uning yaqin do’stlaridan, u yurtlarni kezarkan, Shirinning daragini topib keladi. Yo’lini qilib, unga Xusrav haqida xabar beradi. Ular uzoq vaqt bir – birlari bilan ko’risholmay, g’oyibona muhabbat qo’yib yuradilar. Buning ustiga, Xusrav taxt tashvishlari bilan bo’lib, Shirinni unutib yuboradi. Shiringa qasr qurish va ariq qazib berish jarayonida Farhod (u Firdavsiyda yuk) asarga kirib keladi. U Shirinni yaxshi ko’rib qoladi. Qisqa muddatda qurilishni bitiradi. Shirin Farhod ustidan dur – gavharlar sochishni buyuradi. Farhod ularga parvo qilmay, Shirin xayoli bilan sahroga ketadi. Bu gaplar Xusrav qulog’iga ham yetib boradi. Xusrav va Farhod o’rtasida savol – javob bo’ladi. Farhod o’z muhabbatidan voz kechmaydi. Xusrav hiyla bilan albab, Farhodni halok etadi. Farhodning o’limi Shiringa qattiq ta’sir etadi. Nihoyat, uzoq mojarolardan so’ng Xusrav va Shirin bir – birlariga yetishadilar. Biroq o’rtada Xusravning rumlik Maryam degan xOtinidan bo’lgan o’gli Sheruya Shirinni ko’rib, sevib qoladi. Otasini o’ldiradi va Shiringa uylanmoqchi bo’ladi. Shirin esa Xusrav qabriga kirib, xanjar bilan o’zini halok etadi.
Xusrav Dehlaviy o’z “Shirin va Xusrav”ida Nizomiy izidan bordi. Lekin Farhod obraziga ayrim aniqliklar kiritdi. Masalan, Nizomiyda Farhodning kelib chiqishi haqida ma’lumot yo’q. Xusrav Dehlaviyda u Chin xoqonining o’g’li. Shirin bilan Farhodning ilk uchrashuvlari ham boshqacharoq kechadi.
Navoiy “Farxod va Shirin”dagi yaratuvchilik va sevgi dostonini “shavq dostoni” deb ataydi. Ishqni inson hayotining mazmun – mohiyati deb hisoblaydi. Bu ishq shunchaki insoniy emas, ilohiy ishq hamdir. Navoiyda bu ikki tushunchani bir-biridan ajratish juda qiyin. Ko’pincha ular biri ikkinchisini to’ldirib boradi.
Shoirning badiiy ijod haqida o’z nuqtayi nazari bor. Bir doston ikkinchisini takrorlamasligi kerak. O’zga ijodkor yozib ketganini takrorlash shoirlikka, munosib emas. O’sha zot chamanni aylandi-yu gullardan terib keldi. Yana o’sha joyga borib, gul izlamoq ma’qul bo’lmagan ishdir. Axir, bu bo’ston sahnida gul ham, chaman ham adadsiz-ku. Shu sababli Navoiyning oldingi xamsanavislarga ma’lum e’tirozlari bor. Bulardan muhimi, Navoiy ular dostonlarining qahramoni Xusravni Shirin muhabbatiga loyiq, deb topmaydi. U komil inson bo’lmay, Shiringa munosib ham emas, chunki ishqda beqaror, qolaversa, unda taxt ishqi ham bor. Shu sababli Navoiy o’z dostoniga Farhodni markaziy qahramon qilib oladi. Bu Navoiy xamsachilikka kiritgan eng katta yangilik edi.
Sanga bu teshavarlik bo’lsa matlub,
Erur Farhod hamsuhbatligi xo’b.
Shoir yana bir o’rinda yozadi.
Vale chekkanlar ushbu jomdan roh
Sarosar bo’ldilar, Xusravga maddoh.
Ya’ni bu jomdan may ichganlar (bu mavzuda doston yozganlar) boshdan – oyoq Xusravning maddohi bo’lib qoldilar.
Xullas, Navoiy dostonining qirilishi, mazmuni tamom o’zgaradi va endi uning markaziga Farhod chiqadi. Ayrim tadqiqodchilar uni she’riy roman ham deydilar.
Farhod haqida Navoiydan oldin ham dostonlar yozilgan. Masalan, 1369-yilda Azarbayjonda Orif Ardabeliy degan shoir “Farhodnoma” dostonini yozgan. Biroq undan Navoiyning qay darajada xabardor bo’lgani noma’lum. Navoiy “Farhod va Shirin” muqaddimasida uning ismini tilga olmaydi.
Asar voqealari Chin xoqonining farzandsizligidan va uning so’ngsiz iltijolari qabul bo’lib, tangri unga bir o’g’il hadya etgani bilan boshlandi. Navoiy uning o’sishi, tarbiyasi, ota – bolaning muomila-munosabatiga alohida e’tiborini qaratadi, unga ism beradilar. Ism ham shunchaki, tasodifiy emas. Chuqur ma’noli, mazmunli. Xoqonning ham quvochini, ham iztirobini anglatadi. O’g’il o’sa boshlaydi. Boshqalarga o’xshamagan holda ulg’ayadi. Chunki u tug’ma ishq kishisi edi. O’n yoshda barcha ilmlarni egallab bitirdi, 20 yoshli igitning jussasi va kuchiga ega bo’ladi. Yigit yoshiga yetganda esa, Farhodni g’am – alam bag’riga oladi. Atrofdagilar hayron va xoqon tashvishda. Ko’ngilochar tadbirlar yordam bermaydi. Maslahat bilan yilning to’rt fasliga moslab to’rt qasr quradigan bo’ladilar. Shu asnoda Farhod Qorandan tosh yo’nish, Boniydan me’morchilik, Moniydan naqqoshlik sirlarini o’rganadi. Navoiy Nizomiy va Dehlaviylar dostonlarida lazha (epizod) sifatida berilgan Farhodning toshyo’narlik san’atini egallash tarixini shu tariqa asoslab ketadi.
Qasrlar bitadi. Har fasliga mos shohona bazmlar boshlanadi, biroq Farhodda o’zgarish bo’lmaydi. Ota so’nggi chorani ishga soladi. Taxtni bersa – chi? Balki saltanat ishlari uni g’am alamdan chalg’itib, diqqatini yozar. Xullas shoh taxtni o’z o’g’liga in’om etmoqchi. Lekin donishmandlar davrasida har bir ishning o’z yo’rig’i bor. Har bir ish, xatti – harakat har tomonlama asoslanmog’i, temir mantiqqa suyanmogi kerak. Nega shoh o’zi tirik bo’la turib, taxtni o’g’liga bermoqchi? Nega o’gil temutiy shahzodalar singari taxtga jon – jahdi bilan yopishmasdan, uni rad etyapti? Navoiyga masalaning mana shu tarbiyaviy tomoni kerak. Buyuk shoir shoh bilan shaxzoda munosabatlari ota-o’g’ilning bir – birlari oldilaridagi burchlari asosiga qurilmog’i kerak, deb hisoblaydi va Hoqon bilan Farhod munosabatlari zamondoshlariga ibrat namunasi qilib ko’rsatmoqchi bo’ladi. Nimaiki tilagan bo’lsam, Olloh hammasini berdi, qaysi mamlakatga yuzlansam, taxti farmonimga oldim. Boyliklarimning esa haddi – hisobi yo’q. Ko’nglimda birgina armon kelar edi: farzandsizlik. Mendan keyin mulkimga valiaxd yukligi. OOllohga hamdlar bo’lsinki, seng tug’ilding. O’ylaganlarimdan ham ming chandon komil bo’lib yetishding, deydi shoh o’g’liga va gapni sekin maqsadga boradi. Ellikdan oshib, oltmishga yaqinlashayotganini, kuch – quvvati asta – sekin ketayotganini aytadi.
Qarimoq aybini yoshursa bo’lmas,
Bobur chog’ bo’ldi, boqib tursa bo’lmas.
Qari kishi yigitlik da’vo qilsa, xijolat bo’lib qoladi. Yigit bo’lmoq tashvishi bilan soqol oqini yulish o’z motami uchun soqol yulish bilan barobardir. Xullas, odam qarigandan keyin qancha makr-u hiyla ishlatmasin, yigitlik ko’chasiga qaytib kira olmaydi. Umrdan shikoyat qilayotgan bo’lsam – da, shukur qiladigan joyim ham ko’p, senday farzandning otasi bo’lgan kishi o’lim yetganda ham g’am yeyishi mumkinmi, deya davom etadi shoh. Nihoyat shoh asl maqsadga ko’chdi.
Voqeaga shoir aralashadi. Shohning rad qilib bo’lmaydigan darajaga yetkazib aytgan taklifiga shunday bir o’xshatish orqali baho beradi.
Bu bazm ichra chu kurdi shaxzoda
Ki achchiq tutdi bexad shoh boda.
Shaxzoda ham aqlu – zakovatda, odob – axloq, madaniyat – ma’rifatda shohdan qolishmaydi. O’zining, otasining sha’niga munosib javob qiladi.
Shoh har qanday uzrni man’ qilib qo’ygandan keyin mening galga solishga qanday haddim bor, — deb boshlaydi o’g’il. – Lekin ish ulug’, men esa yoshman. Men shu paytgacha o’yin – kulgu, bazm – ishrat bilan keldim. Shoh bir ikki yil inoyat qilsalar, yonlarida hozir bo’lib, davlat ishlarini o’rgansam, xatolarim tuzatib borilsa.
Shundan keyin Farhodni saltanat ishlari bilan tanishtirish boshlandi. Shahzoda xazinani tamosho qilar ekan, ko’zi billur sandiqqa tushadi va voqealar shiddatli tus oladi.
Tabiiyki, sandiqni Farhodning ko’zidan uzoqlashtirishga harakat qiladilar. Farhodning esa bilgisi keladi. Uning komil inson sifatida bir kiyofasi shu yerda namoyon bo’ladi. U barcha e’tirozlarni nazokat bilan rad etadi va inson tafakkurining buyuk qudratga ega ekanligi haqidagi mashhur gapini shu munosabat bilan aytadi.
Eslang:
Dedi: Har ishqi qilmish odamizod,
Tafakkur birla bilmish odamizod.
Tilsimli sandiq-oynani ochish bilan bog’liq hamma voqealar, xususan, Yunon mamlakatiga borib, uch ofatni yengishi, Suqrot hakim bilan uchrashuvi voqealari romantik bo’yoqlarga juda boydir.
Suqrot Farhodga uning kelajagidan habar beradi. Har ikki ishqning – ishqi majoziy (insoniy) va haqiqiy (ilohiy) ishqning unga nasib etajagini bashorat qiladi. Haqiqiy mahbub uning (OOllohning) o’zidir, lekin unga yetishish uchun yo’l bosish kerak. Bu yulda hisobsiz dard-u g’amlar bor. Lekin bu yo’lni inson har qancha yurmasin, bosib o’ta olmaydi. Buning uchun inson avvalo o’zligidan voz kechishi, uni yo’q qilishi, so’ng esa o’sha mahbubini qidirib topishi kerak. Buning birdan – bir chorasi ishqi majoziydir. Majoziy ishq nurli tong, haqiqiy ishq porlagan quyoshdir. Majoziy ishq tanni xashakdek qovjiratadi, abadiy ishq bir uchquni bilan kulga aylantiradi. Sening oldindagi ishqi majoziydir. U sening ovozangni dunyoga yoyadi, oshiqlar podshohi bo’lasan. Nihoyat haqiqiy ishq, haqiqat taxti keladi. Yuz ming xoqonu qaysar (Sezar)lar odamlar yodidan ko’tariladi, sening yaxshi Oting esa qoladi.
Ushbu gaplarni aytib, yo’l – yo’riq ko’rsatib, Suqrot jon taslim qiladi.
Farhod vatanga qaytadi. Ko’zguni tomosha qiladi. Ishq tug’yoni boshlanadi. Uzoq sarguzasht-u mashaqqatlar bilan Arman mamlakatiga, Mehnbonu yurtiga boradi. Ariq qazib, suv o’tkazadi, hovuz kovlaydi, qasr quradi. Ishi va aqli bilan Shirinning mehr-u muhabbatiga sazovor bo’ladi. Oraga shoh Xusrav aralashadi. U hiyla bilan Farhodni qo’lga oladi. Nihoyat, xuddi shu yo’l bilan uni halok etadi. Shirinni Xusravning o’g’li Sheruya qurib qolib, unga erishish maqsadida otasini o’ldiradi. Shirin Farhodning xokini keltirib, uning qabri tepasida jon beradi. Bularga chiday olmagan Mehnbonu ham vafot etadi. Ularning dovrug’i Chin mulkiga yetib boradi. Biroq xoqon xam, onasi ham Farhodni kuta – kuta vafot topgan edilar. Xoqon o’rnida shohlik qilayotgan qarindoshi Bahrom Farhodni izlab keladi, Armanistonda aql – zakovat bilan adolat o’rnatadi.
Doston so’ngida berilgan shahzoda Shohg’aribga nasihat va yakuniy bob Farhod obrazining shoir zamonasidagi barcha shaxzodalarga ibrat hamda o’rnak qilib olganini ravshan ko’rsatadi. Darhaqiqat Farhod Navoiyning idealidir. U har jihatdan to’kis – jismoniy ham, ma’naviy ham. Uning eng muhim xususiyatlaridan biri kishilarga yaxshilik qilish, odamlarning og’irini yengil qilish. Bir so’z bilan aytganda, insonparvarlik.
“Farhod va Shirin” dostoni tasvirlangan voqeaning jozibadorligiga ko’ra ham, ehtiros bilan yozilganligi jihatidan ham yozma dostonchiligimizning eng go’zal namunalaridan biri bo’lib qoldi.
Ayniqsa, dostondagi suvsiz joylarga suv chiqarish bilan bog’liq voqealar xalqimizning asriy orzulariga hamohang tushganligi uchun bu asarning xalq orasida shuhrati g’oyat katta bo’ldi. Farhod, Shirin nomlari qo’yilgan joylar, manzillar ko’payib bordi.
Darsliklar
“Farhod va Shirin” dostoni
Related Posts