Farhod Mahmudov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Farhod Mahmudov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

Farhod Mahmudov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Aktyor Farhod Maxmudov 1972 yil 9 may sanasida Toshkent shahrida tug’ilgan. 
Farhod Mahmudov kinoga 14 yoshidan kirib kelgan, hamda birinchi marta «Bo’rilar» nomli filmda suratga tushgan.
 
Maktabni tamomlaguncha u yana Valeriy Axadovning «Nazar» hamda Melis Abzalovning  «Sharq mu’ombiri» kabi filmlarda ham ishtirok etgan.
Bu aktyor 17 yoshgacha O’zbekistonda yashagan.
 
Farhod Maxmudov 1993 yilda Butun Rossiya davlat kinematografiya oliygohini tamomlagan. Aynan shu yili u Moskva drama teatrida o’z faoliyatini boshlagan, 1994-yildan boshlab esa Roman Viktyuk teatrida ish faoliyatini davom ettirgan.
 
Bu aktyor nafaqat o’zbek kinosida balki rus kinoijodkorlarining «Brigada» serialida, «Siznikiga farishta keldi», «Zastava» , «Sutli viski» kabi filmlarida ham esda qolarli rollarni ijro etgan.
Aktyor bugungacha 20 ga yaqin spektakl va 70 dan oshiq filmlarda qatnashgan.
U o’zining ko’p yillik faoliyati orqali 2007 yilda «Rossiya Federatsiyasida xizmat ko’rsatgan artist» unvoni bilan taqdirlangan.
399408
Farhod Mahmudov Biografiyasi
 
Farhod Mahmudovning hozirda Iskandar ismli bir o’g’il farzandi bor. Bugungi kunda 47 yoshda bo’lgan ushbu aktyor oilasi bilan Moskva shahrida istiqomat qiladi.

Farhod Mahmudov haqida, instagram, oilasi, rasmlari